O’zbekistonda qamalgan jurnalist va faollar qachon ozod etiladi?

Yakuniga yetgan oy davomida kamida ikki marta e’tiborimizni Muhammad Bekjon taqdiriga qaratish imkoniga ega bo’ldik. Birinchi marta 2-oktabr, Bekjon tug’ilgan kunida AQShning O’zbekistondagi elchisxonasi o’zining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali Bekjonni 62 yoshni qarshilaganli bilan tabrikladi va unga mustahkam sog’liq tiladi. Ikkinchi marta “Human Rights Watch” tashkiloti bir hafta davomida Bekjonga bag’ishlab targ’ibot kampaniyasini olib […]

O’zbekiston: yangi saylov haqidagi eski savollar

Bir oydan keyin O’zbekistonda saylovlar. Siyosiy partiyalar oliy lavozimga o’z nomzodlarini qo’ydi. Markaziy saylov komissiyasi ishni boshlab yubordi. Nomzodlar saylovchilar bilan uchrashmoqda, televideniye orqali chiqish qilmoqda. Ayrim demokratik mamlakatlarda saylovning so’nggi bosqichida bor-yo’g’i ikki nomzod qolsa, O’zbekistonda boshdan oxirigacha ayni nomzodlar bellashadi, saylov byulletenlarida bir necha nomzod ism-familiyasini ko’rasiz. Boshqa mamlakatlar kabi, xalqaro kuzatuvchilar O’zbekistonga […]

So’z erkinligi, islom va terrorizm

Bugun “Sharli Ebdo (“Charlie Hebdo”) haftanomasi tahririyatiga hujum qilinganiga bir hafta bo’ldi. “Allohu akbar” deb hayqirgani aytilayotgan kishilar binoga kirib granatomyotdan otgan va jurnalning to’rt nafar eng mashhur karikaturachisini oldirgan. Yana sakkiz odam, shu jumladan, politsiya vakillari qurbon bo’lgan. Bu hodisa haqida yozmagan ommaviy axborot vositasi qolmadi. Muhokamalar qizg’in. E’tibor so’nggi yillarda va hatto bugun, […]