Nyu-Yorkdagi xurujdan keyin o’zbek jamoasi faollashdi

O’tgan juma kuni Bruklinda Nyu-York meri hamda Bruklin prezidenti idoralaridan vakillar o’zbek jamoasi faollari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan xurujdan keyin hokimiyat hamda o’zbek jamoasi o’rtasida yo’lga qo’yilayotgan hamkorlikdagi yana bir qadam bo’ldi. 31-oktabr kuni Manxettenning janubiy qismida asli o’zbekistonlik Sayfullo Soipov yuk tashuvchi mashinani piyoda ketayotgan odamlarga, so’ngra maktab avtobusiga […]

Rossiya Tataristonda tatar tilini chekladi

  Noyabr oxirida yuz bergan bir muhim voqea, afsuski, ko’pgina axborot vositalarining diqqat markaziga kirmadi. Rossiya tarkibidagi eng katta respublikalardan biri Tataristonda tatar tilini o’rganishga oid qonun o’zgartirildi: bundan buyon Tataristondagi maktablarda tatar tilini o’rganish “ixtiyoriy” asosda amalga oshiriladi va haftasiga ikki soatdan oshmaydi. Demak, Rossiyadagi ruslardan keyin soni bo’yicha ikkinchi eng katta etnik guruhning […]

Amerikaliklar bolajon xalqmi?

AQShda yetimxonalar, ya’ni mehribonlik uylari yo’q. Yetim qolgan, ota-onasi olamdan o’tgan yok ota-onalik huquqidan mahrum etilgan holda bolalar boqib olinadi. Aslida o’gay bolani boqib olishni istagan odamlar shu qadar ko’pki, amerikaliklar xorijdan, kambag’alroq mamlakatlardan ham bola boqib oladi. Men AQShda Rossiya, Qirg’iziston va O’zbekistondan millati rus bo’lgan bolalarni boqib olgan amerikaliklarni ko’p uchratganman. Ayrim bolalar […]

Nyu-York xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat qanday?

31-oktabr kuni Nyu-Yorkda o’zbekistonlik Sayfullo Soipov amalga oshirgan terror xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat yomonlashmoqda, deya yozadi o’zbek muhojirlari ijtimoiy tarmoqlarda. Bruklinda bir erkak o’zi yashaydigan bino devorida “Ozbeklar, uyingga yo’qol” (Go home, Uzbeks) degan yozuv qoldirgan. Bundan keyin politsiya binoga kelib, kameralardagi videoni tekshirib chiqqan va bu yozuvni yozgan odamning asli ukrainalik Dmitriy Gekman ekanini […]

“Biz bu kunni 25 yil kutdik”

O’zbekiston rahbariyati kelajakda mamlakatni rivojlangan o’lkalar darajasiga chiqara oladigan uchta muhim qadamni tashladi. Birinchi qadam mamlakat ichida qo’yildi. Bu – konvertatsiya. O’zbek milliy valyutasi, so’m, rasman qariyb ikki baravar arzonlashtirildi va bu bilan hukumat “qora” va rasmiy bozorlardagi kurslarni birlashtirdi. Hozircha valyuta almashtirish shohobchalarida dollarlarni sotish mumkin, lekin naqd dollarni sotib olish mumkin emas. Dollar […]

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy prezidentmi?

Zamonaviy deganda bu o’rinda men rahbarning texnologiyalar bilan munosabatini nazarda tutyapman. Chunki aynan zamonaviy texnologiyalar yordamida prezident xalqning tashvish va quvonchlaridan boxabar bo’lib turadi, qolaversa, odamlarning rahbariyatga munosabatini ham bilib oladi. Zotan, Xorun ar-Rashiddek oddiy kiyim kiyib, ko’chama-ko’cha yuradigan podshohlar zamoni o’tib ketgan. Prezident etib saylanganidan beri Mirziyoyev ko’p marta xalq bilan uchrashdi, oddiy odamlar […]

O’zbekistonda ochilgan tirqish kattalashadimi?

Xalqaro hamjamiyat O’zbekistonga umid bilan qaramoqda. Bu gapni eshitmaganimga ancha bo’lgandi. Lekin 5-iyul kuni O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o’tkazgan jonli muloqotdan keyin xalqaro hamjamiyatning ikki muhim qismi – ommaviy axborot vositalaridan BBC va xalqaro tashkilotlardan inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” (HRW) bu gapni aytayotgan bo’lishi mumkin. Chunki BBCning o’zbek xizmatiga hamda xalqaro […]