“Kelin kerakmi, aylanay?”
To’ylar mavsumi boshlandi. O’zbek uchun to’ydan muhimroq tadbir bormi? Yo’q! Lekin xonadoningizdan karnay-surnay ovozi eshitilgunicha nima qilish kerak? Sarpo yig’ishmi? To’g’ri. Yana nima? Qizingizning bo’yi yetib qolgan bo’lsa, sovchi kutasiz. O’g’il uylantirmoqchi bo’lsangiz, kelin qidiradsiz. Toshkentdagi bir tanishim ham kelin qidiryapti. Qanday qidirayotganini men sizga hozir aytib beraman. *** Yonida kuyovlikka tayyor turgan o’g’li bilan […]
Amerikadagi o’zbeklar o’zbekligini saqlab qolishi kerakmi?
Sarlavhaga chiqarilgan savolga javob bitta bo’lishi mumkin, deb hisoblayman: ha, o’zbeklar qayerda bo’lmasin, o’zbekligini saqlab qolishi kerak. Masala o’zbeklarning yangi jamiyatga qanchalik aralashishi va bu madaniyatni qanchalik o’ziga olishida deb o’ylayman. Amerika, ayniqsa, Nyu-York vaqir-vuqir qaynab turgan katta qozonga o’xshaydi. Qozonga turli-tuman masalliq solinganidek, bu yerga ham doim yangi odamlar kelib qo’shiladi. So’nggi yillarda ular […]
AQSh haqida nimani bilishni istaysiz?
“Meni AQSh universitetiga o’qishga kirish qiziqtiradi”, deb qoldi Toshkentda yashaydigan bir tanishim. “Universitetlar dekanlari va professorlari bilan intervyu bo’lsa, jon deb o’qirdim. O’qishga kirishning sirlari qanday? Ular bu haqida nima deya oladi? Application to’ldirishga oid tavsiyalari, o’zbekistonlik talabalar haqdagi fikri ham qiziqtiradi”, dedi yosh yigit. Bu meni o’ylantirdi. “Amerika Ovozi”da biz AQShga oid turli-tuman mavzularni […]
Amerikadagi o’zbeklar orasida turmush qurish va ajralish haqida
Bugungi mavzuga ikki hodisa sabab bo’ldi. Birinchisi – yaqinda Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan o’zbekona to’y. Ikkinchisi – “green card” olib, Nyu-Yorkka bola-chaqasi bilan ko’chib kelgan er-xotinning ajralishi. Nyu-Yorkda o’zbeklar ko’p. To’ylar ham bo’lib turadi. Afsuski, ajralishlar ham kam emas. Turmush qurgan yoshlar qayerda yashamasin – o’z vatani O’zbekistondami, Amerikadami – yangi hayotida qiyinchiliklar bo’lishi tabiiy. Ajralish […]
O’zbeklik va o’zlik
Nyu-Yorkda o’zbeklar juda ko’p. Shu qadar ko’pki, bir-birini ko’rganida ilgarigidek so’rashib, tanishish o’rniga o’zini ko’rmaganga oladigan, bir-birini begona odamdek qabul qiladigan bo’lgan. Bu tabiiy, chunki vatandoshlar bir-biri bilan tanishgani sari ayrim hollarda o’zbek bo’lishdan boshqa umumiy jihat yoki qiziqish yo’qligini ham tushunadi odam. Lekin muloqot doim bir xil. – Amerikaga kelganingizga qancha bo’lgan? – “Green […]
Nega bir-birimizni qo’llab-quvvatlashni bilmaymiz?
Nargiz Zokirova Rossiya birinchi telekanalidagi “Golos” shou-dasturidagi ishtiroki sababli katta shov-shuvga sabab bo’lmoqda. Mashhur “Scorpions” guruhining “Still loving you” qo’shig’ini originalidan ham yaxshiroq ijro etgani nafaqat hakamlar hay’ati va tomoshabinlarni hayratga ketlirdi, balki butun internet olamida muhokama qilinmoqda. Sovet davrida olingan “Vodillik kelin” filmini eslagan rossiyaliklar, qozog’istonlik va boshqalar Nargizni “Ne zabivay menya” (“Unutma meni”) […]
San’atkor ovozi balandroq yangrashi kerak
Pop yulduzi Jennifer Lopezning Turkmanistonga borib, prezident Qurbonguli Berdimuhammedov uchun “Happy Birthday to You!” qo’shig’ini kuylashi haqida o’tgan hafta Markaziy Osiyoni doimiy ravishda yoritib boradigan ommaviy axborot vositalari ham (jumladan, biz ham), Turkmaniston qayerdaligini ungacha aniq bilmaganlari ham rosa yozdi. Jahon yulduzlari orasida mashhurlik va, demak, gonorarlari bilan birinchilardan bo’lgan Jennifer Lopez ismi uning o’zi […]
Universitetda o’qiganmisiz?
Nyu-yorkdagi bir fors tanishim bilan Erondagi saylovlar haqida gaplashib qoldik. “Eronliklar juda o’qimishli, universitetda o’qiganlar aholining yarmini tashkil etadi”, deb qoldi. “Ha, O’zbekiston aholisi ham juda o’qimishli”, – dedim men. “Oliy ma’lumotlilar haqida statistikani bilmadim-ku, lekin bundan 30 yil avval ham savodxonlik darajasi 100 foiz bo’lgan, hozir ham shunday”, – deya qo’shdim ishonch bilan. […]