Nyu-York xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat qanday?

31-oktabr kuni Nyu-Yorkda o’zbekistonlik Sayfullo Soipov amalga oshirgan terror xurujidan keyin o’zbeklarga munosabat yomonlashmoqda, deya yozadi o’zbek muhojirlari ijtimoiy tarmoqlarda. Bruklinda bir erkak o’zi yashaydigan bino devorida “Ozbeklar, uyingga yo’qol” (Go home, Uzbeks) degan yozuv qoldirgan. Bundan keyin politsiya binoga kelib, kameralardagi videoni tekshirib chiqqan va bu yozuvni yozgan odamning asli ukrainalik Dmitriy Gekman ekanini […]

O’zbekistonda ochilgan tirqish kattalashadimi?

Xalqaro hamjamiyat O’zbekistonga umid bilan qaramoqda. Bu gapni eshitmaganimga ancha bo’lgandi. Lekin 5-iyul kuni O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o’tkazgan jonli muloqotdan keyin xalqaro hamjamiyatning ikki muhim qismi – ommaviy axborot vositalaridan BBC va xalqaro tashkilotlardan inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” (HRW) bu gapni aytayotgan bo’lishi mumkin. Chunki BBCning o’zbek xizmatiga hamda xalqaro […]

Ko’p xotinlilik cho’ntakka zarar

15-iyun kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imomlarga murojaat qilar ekan, erkaklarning qo’sh xotin olish urinishlariga qarshi chiqishga chaqirdi, ZAGS qog’ozini ko’rmay turib nikoh o’qimanglar, dedi va so’nggi paytlarda poligamiya, ya’ni ko’pxotinlilik hollari ko’payib ketgani, bu ma’noda Toshkent ilg’or ekanini qo’shimcha qildi. Prezidentning o’sha chiqishini mana bu videoda ko’rishingiz mumkin. Mirziyoyevning bu gaplari juda to’g’ri va […]

Jasurbek ishi – O’zbekiston huquq-tartibot organlari uchun sinov

Shu kunlarda O’zbekistonda 17 yashar Jasurbek Ibrohimovning o’limi qizg’in muhokama qilinmoqda. Jasurbek – Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejining 1-kursida tahsil olgan talaba. 3-may kuni u kursdoshlari tomonidan kaltaklangan va og’ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan. U kasalxonadan bu kasalxonaga olib borilib, sarson bo’lgan yigit jami to’rtta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgach, beshinchisi bo’layotgan paytda, 1-iyun kuni olamdan o’tgan. […]

Alisher Usmonov Aleksey Navalniyga “tupurdi”

Shu kunlarda internetda o’zbeklar faol muhokama qilayotgan mavzu – Alisher Usmonovning Aleksey Navalniyga video-murojaati. O’zbekistonning Namangan viloyatida tug’ilib o’sgan, ko’p yillardan buyon Rossiyada yashaydigan milliarder 18-may kuni korrupsiya haqidagi video-blogi orqali tanilgan va so’nggi paytlarda Rossiya prezident saylovlarida qatnashish istagini bildirib kelayotgan faolga murojaat qildi. 12 daqiqalik bu video-murojaatda Usmonov Navalniy ilgari tarqatgan korrupsiyaga oid […]

Roza Otunbayeva matbuot erkinligi bo’yicha YXHT vakili bo’lishga loyiqmi?

7-aprel – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Matbuot erkinligi bo’yicha maxsus vakili lavozimiga nomzodlarni taklif qilishning so’nggi muddati. 2004-2010-yillarda bu lavozimda Mikosh Harashti ter to’kkan. (Hozirda u BMTning Belarusda inson huquqlariga oid vaziyat bo’yicha maxsus ma’ruzachisi). 2010-yildan buyon esa lavozimni Dunya Miyatovich egallab kelgan edi. Shu yilning mart oyida uning ikkinchi va so’nggi muddati […]

Azimjon Asqarov ishida hammamiz yutqazdik

24-yanvar kuni Qirg’izistondan shum xabar keldi. Huquq himoyachisi va jurnalist Azimjon Asqarovga ilgari berilgan umrbod qamoq jazosi kuchda qoladigan bo’ldi. Salomatligi shundoq ham yomon bo’lgan 65 yashar Asqarov norozilik tariqasida ochlik e’lon qildi va 25-yanvar kuni bu haqdagi arizasini kerakli idoraga topshirdi. Ayrim xabarlarga ko’ra, 26-yanvar kuni advokatlar Asqarovni Oliy sudda appellyatsiya ko’rib chiqilmagunicha ochlikni […]

O’zbekistonda qamalgan jurnalist va faollar qachon ozod etiladi?

Yakuniga yetgan oy davomida kamida ikki marta e’tiborimizni Muhammad Bekjon taqdiriga qaratish imkoniga ega bo’ldik. Birinchi marta 2-oktabr, Bekjon tug’ilgan kunida AQShning O’zbekistondagi elchisxonasi o’zining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali Bekjonni 62 yoshni qarshilaganli bilan tabrikladi va unga mustahkam sog’liq tiladi. Ikkinchi marta “Human Rights Watch” tashkiloti bir hafta davomida Bekjonga bag’ishlab targ’ibot kampaniyasini olib […]