“Biz bu kunni 25 yil kutdik”
O’zbekiston rahbariyati kelajakda mamlakatni rivojlangan o’lkalar darajasiga chiqara oladigan uchta muhim qadamni tashladi. Birinchi qadam mamlakat ichida qo’yildi. Bu – konvertatsiya. O’zbek milliy valyutasi, so’m, rasman qariyb ikki baravar arzonlashtirildi va bu bilan hukumat “qora” va rasmiy bozorlardagi kurslarni birlashtirdi. Hozircha valyuta almashtirish shohobchalarida dollarlarni sotish mumkin, lekin naqd dollarni sotib olish mumkin emas. Dollar […]
Prezident oldidagi eng katta vazifa
Bundan roppa-rosa bir yil oldin O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafot etgani rasman e’lon qilingan edi. Ko’p o’tmay, mamlakatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev ekani ma’lum bo’ldi. Dekabr oyida esa u, Konstitutsiyaga ko’ra uyushtirilgan saylovda qatnashib, g’olib chiqdi. So’nggi 12 oy ichida Mirziyoyev oldida turgan muammolardan biri kadrlar masalasi ekani aniq bo’ldi. Birgina misol: O’zbekiston milliy […]
Shavkat Mirziyoyev zamonaviy prezidentmi?
Zamonaviy deganda bu o’rinda men rahbarning texnologiyalar bilan munosabatini nazarda tutyapman. Chunki aynan zamonaviy texnologiyalar yordamida prezident xalqning tashvish va quvonchlaridan boxabar bo’lib turadi, qolaversa, odamlarning rahbariyatga munosabatini ham bilib oladi. Zotan, Xorun ar-Rashiddek oddiy kiyim kiyib, ko’chama-ko’cha yuradigan podshohlar zamoni o’tib ketgan. Prezident etib saylanganidan beri Mirziyoyev ko’p marta xalq bilan uchrashdi, oddiy odamlar […]
O’zbekistonning yangi xorijiy pasportiga oid savollar
Shu kunlarda xorijda yashovchi o’zbekistonliklar, qolaversa mamlakat ichidagilar uchun birdek muhim va dolzarb masalalardan biri – “OVIR stikeri” nomi ostida xalq orasida tanilgan xorijga chiqish ruxsatnomasining bekor qilinishi va uning o’rniga yangi xorijiy pasportning amalga kiritilishi haqidagi ma’lumotlar bo’lib qolmoqda. “OVIR stikeri”ning bekor qilinishi mavzusi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’limidan ko’p o’tmay turli ijtimoiy tarmoqlarda […]
O’zbekistonda ochilgan tirqish kattalashadimi?
Xalqaro hamjamiyat O’zbekistonga umid bilan qaramoqda. Bu gapni eshitmaganimga ancha bo’lgandi. Lekin 5-iyul kuni O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o’tkazgan jonli muloqotdan keyin xalqaro hamjamiyatning ikki muhim qismi – ommaviy axborot vositalaridan BBC va xalqaro tashkilotlardan inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” (HRW) bu gapni aytayotgan bo’lishi mumkin. Chunki BBCning o’zbek xizmatiga hamda xalqaro […]
Ko’p xotinlilik cho’ntakka zarar
15-iyun kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imomlarga murojaat qilar ekan, erkaklarning qo’sh xotin olish urinishlariga qarshi chiqishga chaqirdi, ZAGS qog’ozini ko’rmay turib nikoh o’qimanglar, dedi va so’nggi paytlarda poligamiya, ya’ni ko’pxotinlilik hollari ko’payib ketgani, bu ma’noda Toshkent ilg’or ekanini qo’shimcha qildi. Prezidentning o’sha chiqishini mana bu videoda ko’rishingiz mumkin. Mirziyoyevning bu gaplari juda to’g’ri va […]
Rustam Azimovning yulduzi so’ndimi?
2001-yilda Toshkentga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YTTB) katta xalqaro delegatsiya bordi. Maqsad – bank Boshqaruv kengashi yillik anjumanini 2003-yilda Toshkentda o’tkazish yoki o’tkazmaslik yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish edi. Moliyaviy sohada katta ahamiyatga ega bu anjumanga mezbonlik qilish tashabbusi bilan O’zbekistonning u paytdagi Moliya vaziri Rustam Azimov chiqqan edi. Delegatsiya anjuman bo’lib o’tadigan joylarni borib […]
Jasurbek ishi – O’zbekiston huquq-tartibot organlari uchun sinov
Shu kunlarda O’zbekistonda 17 yashar Jasurbek Ibrohimovning o’limi qizg’in muhokama qilinmoqda. Jasurbek – Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejining 1-kursida tahsil olgan talaba. 3-may kuni u kursdoshlari tomonidan kaltaklangan va og’ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan. U kasalxonadan bu kasalxonaga olib borilib, sarson bo’lgan yigit jami to’rtta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgach, beshinchisi bo’layotgan paytda, 1-iyun kuni olamdan o’tgan. […]
Mirziyoyevning tashqi qiyosatdagi “marafoni”
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni va Turkmanistonga tashriflari chog’ida olingan suratlar internetda keng tarqaldi. Kaspiy dengizi bo’yida Mirziyoyev turkman hamkasbi bilan birga sport kiyimida velosiped mindi va kemada uchdi, sport zalini borib ko’rdi. Riyodda olingan suratlarda esa Mirziyoyevning Qozog’iston va Tojikiston prezidentlati bilan yonma-yon o’tirib, suhbatlashayotgani, qah-qah otib kulayotganini ko’rish mumkin. Yana bir suratda […]
O’zbekiston rahbariyatining “bir qadam olg’a, ikki qadam ortga” siyosati
22-fevral kuni O’zbekistonda 18 yillik tutqunlikdan so’ng Muhammad Bekjon ozodlikka chiqarildi. Bir hafta o’tib, 1-mart kuni Jamshid Karimov ham jami 10 yildan keyin ozod etildi. Ikkovi – jurnalist. O’zbekiston hukumatini tanqid qilgani uchun jazolangan. Biri qamalgan, ikkinchisi majburan ruhiy kasalxonaga yotqizilgan. Muhammad Bekjon hamkasbi Yuzuf Ro’zimurodov bilan birgalikda Kiyevda “Erk” gazetasini chiqargan davrda Ukrainadan o’g’irlab […]