“Kelin kerakmi, aylanay?”

To’ylar mavsumi boshlandi. O’zbek uchun to’ydan muhimroq tadbir bormi? Yo’q! Lekin xonadoningizdan karnay-surnay ovozi eshitilgunicha nima qilish kerak? Sarpo yig’ishmi? To’g’ri. Yana nima? Qizingizning bo’yi yetib qolgan bo’lsa, sovchi kutasiz. O’g’il uylantirmoqchi bo’lsangiz, kelin qidiradsiz. Toshkentdagi bir tanishim ham kelin qidiryapti. Qanday qidirayotganini men sizga hozir aytib beraman. *** Yonida kuyovlikka tayyor turgan o’g’li bilan […]

Sochi Olimpiadasi ortida G’ofur Rahimov turibdimi?

AQShning Ey-Bi-Si (ABC) telekanali 2014-yilgi Olimpiadaning Sochida o’tkazilishi haqdagi qarorning qabul qilinishida asl o’zbekistonlik G’ofur Rahimov katta rol o’ynagani haqida xabar berdi. Telekanalning maxsus izlanish o’tkazgan muxbirining aniqlashicha, O’yinlarga tayyorgarlik paytida poraxo’rlik va korrupsiya cho’qqiga chiqqan va Olimpiada Rossiyaga nihoyatda qimmatga tushgan. Moskva va Sochi rasmiylari iddaolarni, tabiiyki, inkor etmoqda. Sochi musobaqalari Olimpiya o’yinlari tarixiga eng […]

O’zbeklik va o’zlik

Nyu-Yorkda o’zbeklar juda ko’p. Shu qadar ko’pki, bir-birini ko’rganida ilgarigidek so’rashib, tanishish o’rniga o’zini ko’rmaganga oladigan, bir-birini begona odamdek qabul qiladigan bo’lgan. Bu tabiiy, chunki vatandoshlar bir-biri bilan tanishgani sari ayrim hollarda o’zbek bo’lishdan boshqa umumiy jihat yoki qiziqish yo’qligini ham tushunadi odam. Lekin muloqot doim bir xil. –      Amerikaga kelganingizga qancha bo’lgan? –      “Green […]

“Karimovlar ham yig’laydi” tragikomediyasi katta ekranlarda

So’nggi haftalarda Gulnora Karimova haqida shu qadar ko’p maqola o’qidim-ki, faqat eng dangasa muharrir xodimiga mavzuni o’rganib ko’r-chi, demagan shekilli, deb qoldim. Karimovlar oilasi haqidagi tragikomediya katta ekranlarga chiqib bo’ldi. Jiddiy gapiradigan bo’lsam, haqiqatdan ham oxirgi paytda O’zbekiston prezidentining to’ng’ich qizi ishlarini xorijdagi nufuzli ommaviy axborot vositalari ham, uncha tanilmagan nashrlar ham yoritmoqda. Markaziy Osiyo, […]

Rossiyadagi voqealar haqida nima deysiz?

Biryulyovodagi voqealar va ular ketidan Rossiyada avj olgan millatchilik va tazyiqlar hech kimni befarq qoldirmadi. Quyida muxlislarimizdan kelgan maktublar. Siz ham fikr bildiring, bizga yozing. Qiziq gap, chuqur tahlil bo’lsa, albatta chop etamiz.  “Rus muxolifatining namoyondalaridan bo‘lmish Aleksey Navalniy Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari bilan viza tartibini joriy qilish uchun imzo to‘plashni boshlabdi. Bunga 13-oktabr […]

Mustaqillikning ijobiy tarafi?

O’zbekiston mustaqilligi tantanalari ham o’tib bo’ldi. Internetda qator-qator maqolalar chop etildi. Odatdagidek, mamlakat ichida “ura-ura”. Tashqarisida chiqqan maqolalar va tayyorlangan reportajlar esa tanqidiy. Qaysi nashr qanday yozishini O’zbekiston, qolaversa, Markaziy Osiyoni yoritadigan ommaviy axborot vositalarini kuzatib boradigan odam yaxshi biladi. Men O’zbekiston mustaqillikka erishganida maktabni bitirib universitetga o’qishga kirganman. Jahon iqtisodi va diplomatiya universitetining (JIDU) […]

Chet tilini o’rganish uchun nima kerak?

Toshkentdagi bir tanishim Jahon tillari universitetida nemis tilidan dars beradi. Yaqinda “bizda qisqarishlar bo’larkan”, deb qoldi. “Nemis va boshqa chet tillari fakultetlarida xodimlar soni kamaytirilib, e’tibor ingliz tiliga berilarmish. “Yoshlarimiz ingliz tilini bilsin, debdi rahbarlar”, dedi 45 yildan beri nemis tilidan dars berib kelayotgan professor tanishim. O’zbekistonda ingliz tiliga urg’u berilayotgani hammaga yaxshi ma’lum. Bor […]