Rossiyadagi siyosiy kurashda qo’llanilayotgan g’aroyib qurol

Rossiyada so’nggi paytlarda hukumat tarafdorlari  hamda hukumat tanqidchilari kurashida yangi qurol qo’llanilmoqda. U ham bo’lsa zelyonka. Ha, ha, yoshligimizda yiqilsak, qirilgan tizza va boshqa yoqdagi yara-chaqaga onamiz surib qo’ygan zelyonka. Yam-yashil rangdagi bu suyuqlik samarali antiseptik – mikroblarni o’ldiradigan vosita. Boshqa bir antiseptik – yoddan farqli ravishda u yarani achishtirmaydi. Lekin salbiy tarafi shundaki, u […]

Chechen gomoseksuallari va jurnalistlarga tahdidlar

Shu oy boshida Rossiyadagi mustaqil “Novaya Gazeta” ro’znomasi Chechenistondagi gomoseksuallarga qarshi ommaviy “tozalash” kampaniyasi haqida yozdi. 1 va 3-aprel kunlari chiqqan reportajlarda 100 dan ortiq gey va gey deb gumon qilingan erkaklar huquq-tartibot organlari tomonidan ushlanib, maxfiy qamoqxonalarda qiynoqqa solingani, ulardan kamida uch nafari o’ldirilgani haqida batafsil ma’lumot berdi. Bu odamlar qiynoqqa solinishdan tashqari o’zlari kabi do’stlarining […]

Roza Otunbayeva matbuot erkinligi bo’yicha YXHT vakili bo’lishga loyiqmi?

7-aprel – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Matbuot erkinligi bo’yicha maxsus vakili lavozimiga nomzodlarni taklif qilishning so’nggi muddati. 2004-2010-yillarda bu lavozimda Mikosh Harashti ter to’kkan. (Hozirda u BMTning Belarusda inson huquqlariga oid vaziyat bo’yicha maxsus ma’ruzachisi). 2010-yildan buyon esa lavozimni Dunya Miyatovich egallab kelgan edi. Shu yilning mart oyida uning ikkinchi va so’nggi muddati […]

Belarus inqilob yoqasidami?

Yevropaning so’nggi diktaturasi sifatida tanilgan Belarusda Erkinlik kuni marshi bo’lib o’tmoqda. Mamlakatning turli qismlarida namoyishlar fevralda boshlangan edi. Hukumat Ukraina kabi rangli inqilob bizning ham boshimizga tushmasin deb, namoyishchilar, faollar, muxolifat a’zolari va jurnalistlarni hibsga oldi, jarimaga tortdi, ayrimlarini qamadi, boshqalariga qarshi jinoiy ishlar ochdi. Ma’lumotlarga ko’ra, shu kungacha 270 odam jazolangan. Ulardan kamida 32 […]

Azimjon Asqarov ishida hammamiz yutqazdik

24-yanvar kuni Qirg’izistondan shum xabar keldi. Huquq himoyachisi va jurnalist Azimjon Asqarovga ilgari berilgan umrbod qamoq jazosi kuchda qoladigan bo’ldi. Salomatligi shundoq ham yomon bo’lgan 65 yashar Asqarov norozilik tariqasida ochlik e’lon qildi va 25-yanvar kuni bu haqdagi arizasini kerakli idoraga topshirdi. Ayrim xabarlarga ko’ra, 26-yanvar kuni advokatlar Asqarovni Oliy sudda appellyatsiya ko’rib chiqilmagunicha ochlikni […]

Saylov, saylov, saylov…

  Yakshanba kuni o’zbekistonliklar saylov uchastkalariga boradi. Mamlakat mustaqil bo’lganidan buyon ilk bor Islom Karimov nomi saylov byulletenlarida yo’q. Uning o’rnini egallashi kutilayotgan Shavkat Mirziyoyev Karimov vafot etganidan buyon o’zini islohotchi sifatida namoyish qilishga harakat qilmoqda. Bunday urinishlar kammi-ko’pmi samara bergan ko’rinadi. Men Toshkentdagi tanishlar bilan suhbatlashganimda, ba’zilar poytaxtdagi ayrim yo’llar ochilgani haqida xursand bo’lib […]

Avtoritarizmning yangi to’lqini 

O’tgan hafta Vladimir Putin uchun xursandchilik davri bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Axir AQShda 8-noyabr kuni bo’lib o’tgan prezident saylovida Rossiya prezidentini maqtagan Donald Tramp g’olib chiqdi. Bolgariya va Moldovada ham Rossiyaga xayrixoh rahbarlar saylandi. Trampning ko’plab kuzatuvchilar uchun kutilmagan g’alabasini Rossiya Davlat dumasi deputatlari olqishladi. Ulardan biri, millatchi Vladimir Jirinovskiy Dumada shampan vinosi ochib ziyofat […]