
Alisher Usmonovning “tuhfasi”
15-dekabr kuni Toshkentda mashhur ingliz pop-yulduzi Robbi Uilyams konserti bo’lib o’tdi. Xabarlarga qaraganda, ushbu konsert kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning vatandoshlarga Yangi yil tuhfasi bo’ldi. Konsertga chiptalar narxi 1,5 million so’mdan 1,8 million so’mgacha. Bu O’zbekistondagi o’rtacha oylik maoshdan ko’proq. Tuhfa deganda bepul narsa nazarda tutilishini, mayli, aytmay qo’ya qolay. Buni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari […]

Nyu-Yorkdagi xurujdan keyin o’zbek jamoasi faollashdi
O’tgan juma kuni Bruklinda Nyu-York meri hamda Bruklin prezidenti idoralaridan vakillar o’zbek jamoasi faollari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan xurujdan keyin hokimiyat hamda o’zbek jamoasi o’rtasida yo’lga qo’yilayotgan hamkorlikdagi yana bir qadam bo’ldi. 31-oktabr kuni Manxettenning janubiy qismida asli o’zbekistonlik Sayfullo Soipov yuk tashuvchi mashinani piyoda ketayotgan odamlarga, so’ngra maktab avtobusiga […]

Rossiya Tataristonda tatar tilini chekladi
Noyabr oxirida yuz bergan bir muhim voqea, afsuski, ko’pgina axborot vositalarining diqqat markaziga kirmadi. Rossiya tarkibidagi eng katta respublikalardan biri Tataristonda tatar tilini o’rganishga oid qonun o’zgartirildi: bundan buyon Tataristondagi maktablarda tatar tilini o’rganish “ixtiyoriy” asosda amalga oshiriladi va haftasiga ikki soatdan oshmaydi. Demak, Rossiyadagi ruslardan keyin soni bo’yicha ikkinchi eng katta etnik guruhning […]

Amerikaliklar bolajon xalqmi?
AQShda yetimxonalar, ya’ni mehribonlik uylari yo’q. Yetim qolgan, ota-onasi olamdan o’tgan yok ota-onalik huquqidan mahrum etilgan holda bolalar boqib olinadi. Aslida o’gay bolani boqib olishni istagan odamlar shu qadar ko’pki, amerikaliklar xorijdan, kambag’alroq mamlakatlardan ham bola boqib oladi. Men AQShda Rossiya, Qirg’iziston va O’zbekistondan millati rus bo’lgan bolalarni boqib olgan amerikaliklarni ko’p uchratganman. Ayrim bolalar […]

Gollivudda hammayoq notinch
Gollivudda produser Xarvi Vaynshteynning jinsiy tajovuzkorlikda ayblanganidan bir oy o’tib, shunga o’xshash ishlar soni qariyb 40 taga yetdi. Ayollar va erkaklar tomonidan jinsiy tajovuz yoki tegajog’likda ayblanayotganlar orasida Gollivud yulduzlari – mashhur aktyor va rejissorlar, televizion boshlovchilar va qiziqchi, fotosuratchi, oshpaz va bloger qatorida siyosatchi va hatto AQShning sobiq prezidenti ota Jorj Bush ham bor. […]

Inqilobdan 100 yil o’tib yoxud arosatda qolgan jamiyat
Shu hafta 7-noyabr kuni Oktabr inqilobi – yoki ayrim manbalarda qurolli to’ntaruv deb atalayotgan voqea – yuz berganiga 100 yil to’ldi. 20-asr tarixida keskin burilish yasagan va shu bois ulkan ahamiyatga ega bu voqeaga o’zbekistonliklar bugunda turli munosabat bildiradi. Mendan so’rasangiz, fikrimcha, Oktabr inqilobi va uning natijasida hokimiyatga bolsheviklarning kelishi ham Rossiya, ham Turkiston – […]

O’zbeklar bolalarni urishni ma’qullaydimi?
“Bolani urish yaxshi, tarbiya bu” Facebookdagi bir guruhda yaqinda shu mavzu muhokama qilindi: bolalarni urish mumkinmi? Mingga yaqin odam fikr bildiribdi. Umumiy fikr – tarbiya maqsadida bolani urish mumkin va hatto zarur. Men qo’rqib ketdim. Qizig’i, bunday fikrni onalar bildirdi. Balki guruhda asosan ayollar borligi uchundir. Balki haqiqatdan ham onalar bolani urishni yomon bir amaliyot […]

Mening do’stim Alisher
Bundan roppa-rosa 10 yil oldin O’sh markazida otib o’ldirilganida Alisher Soipov 26 yoshda edi. U mening do’stim va hamkasbim edi. 2005-yil iyun oyida, Andijon qirg’inidan bir oy ham o’tmay men andijonlik qochqinlardan intervyu olish maqsadida janubiy Qirg’izstonga bordim. Suzoq qishlog’i yaqinida o’rnatilgan qochqinlar lageri yonida meni Alisher kutardi. Tepasida “UNHCR” belgisi tushirilgan och kulrang palatkalar […]
Turkiy Nelson Mandela
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi yig’ini davom etar ekan, matbuot e’tiboridan chetda qolayotgan bir mavzuni ko’tarmoqchi edim. Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko BMT minbaridan turib so’zlagan nutqida turli masalalarni ko’tardi, Rossiya bosqinchiligi haqida gapirdi va xususan Qrim tatarlarini tilga oldi. Shunda operator kamerani Ukraina delegatsiyasi o’tirgan joyga burdi. U yerda diplomatlar orasida Mustafo Jemilev o’tirardi. Yoshi 70 […]
“Biz bu kunni 25 yil kutdik”
O’zbekiston rahbariyati kelajakda mamlakatni rivojlangan o’lkalar darajasiga chiqara oladigan uchta muhim qadamni tashladi. Birinchi qadam mamlakat ichida qo’yildi. Bu – konvertatsiya. O’zbek milliy valyutasi, so’m, rasman qariyb ikki baravar arzonlashtirildi va bu bilan hukumat “qora” va rasmiy bozorlardagi kurslarni birlashtirdi. Hozircha valyuta almashtirish shohobchalarida dollarlarni sotish mumkin, lekin naqd dollarni sotib olish mumkin emas. Dollar […]