Prezident oldidagi eng katta vazifa

Bundan roppa-rosa bir yil oldin O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafot etgani rasman e’lon qilingan edi. Ko’p o’tmay, mamlakatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev ekani ma’lum bo’ldi. Dekabr oyida esa u, Konstitutsiyaga ko’ra uyushtirilgan saylovda qatnashib, g’olib chiqdi. So’nggi 12 oy ichida Mirziyoyev oldida turgan muammolardan biri kadrlar masalasi ekani aniq bo’ldi.  Birgina misol: O’zbekiston milliy […]

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy prezidentmi?

Zamonaviy deganda bu o’rinda men rahbarning texnologiyalar bilan munosabatini nazarda tutyapman. Chunki aynan zamonaviy texnologiyalar yordamida prezident xalqning tashvish va quvonchlaridan boxabar bo’lib turadi, qolaversa, odamlarning rahbariyatga munosabatini ham bilib oladi. Zotan, Xorun ar-Rashiddek oddiy kiyim kiyib, ko’chama-ko’cha yuradigan podshohlar zamoni o’tib ketgan. Prezident etib saylanganidan beri Mirziyoyev ko’p marta xalq bilan uchrashdi, oddiy odamlar […]

Ko’p xotinlilik cho’ntakka zarar

15-iyun kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imomlarga murojaat qilar ekan, erkaklarning qo’sh xotin olish urinishlariga qarshi chiqishga chaqirdi, ZAGS qog’ozini ko’rmay turib nikoh o’qimanglar, dedi va so’nggi paytlarda poligamiya, ya’ni ko’pxotinlilik hollari ko’payib ketgani, bu ma’noda Toshkent ilg’or ekanini qo’shimcha qildi. Prezidentning o’sha chiqishini mana bu videoda ko’rishingiz mumkin. Mirziyoyevning bu gaplari juda to’g’ri va […]

Rustam Azimovning yulduzi so’ndimi?

2001-yilda Toshkentga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YTTB) katta xalqaro delegatsiya bordi. Maqsad – bank Boshqaruv kengashi yillik anjumanini 2003-yilda Toshkentda o’tkazish yoki o’tkazmaslik yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish edi. Moliyaviy sohada katta ahamiyatga ega bu anjumanga mezbonlik qilish tashabbusi bilan O’zbekistonning u paytdagi Moliya vaziri Rustam Azimov chiqqan edi. Delegatsiya anjuman bo’lib o’tadigan joylarni borib […]

Turkiyada referendum: “evet” yoki “hayir”

Yakshanba kuni turklar referendumda qatnashadi. Mamlakatning hozirda “evet” va “hayir”, ya’ni “ha” va “yo’q”chilarga bo’lingani haqida biz “Amerika Ovozi”da batafsil ma’lumot bergan edik. Agar referendumda ovozga qo’yilgan Konstitutsiyaga o’zgarishlar xususida aksariyat turkiyaliklar “ha” deb javob bersa, Prezident Rajab Toyib Erdog’an salohiyati deyarli cheksiz bo’ladi. Xususan, Erdog’an hukumat rasmiylarini tayinlash va ishdan bo’shatish, favqulodda vaziyat e’lon […]

Rossiya parlamenti oila a’zolarni do’pposlashni qonunlashtirdi

2013-yilda Rossiyada 9000 dan ko’proq ayol jinoiy tajovuz oqibatida halok bo’lgan, 11 mingdan ziyodi jiddiy tan jarohatlari olgan. 2014-yilda barcha qotilliklarning 25 foizidan ko’prog’i aynan oilalarda sodir etilgan. 2015-yilda jiddiy jinoyatlarning 40 foizi oilalarda yuz bergan. AQShda yiliga qariyb 1000 ayol oilada turmush o’rtog’i tomonidan o’ldiriladi. Demak, aholisi Rossiyanikidan ikki baravar ko’proq AQShdagi to’qqiz yillik […]

Avtoritarizmning yangi to’lqini 

O’tgan hafta Vladimir Putin uchun xursandchilik davri bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Axir AQShda 8-noyabr kuni bo’lib o’tgan prezident saylovida Rossiya prezidentini maqtagan Donald Tramp g’olib chiqdi. Bolgariya va Moldovada ham Rossiyaga xayrixoh rahbarlar saylandi. Trampning ko’plab kuzatuvchilar uchun kutilmagan g’alabasini Rossiya Davlat dumasi deputatlari olqishladi. Ulardan biri, millatchi Vladimir Jirinovskiy Dumada shampan vinosi ochib ziyofat […]