O’zbekistonda qamalgan jurnalist va faollar qachon ozod etiladi?

Yakuniga yetgan oy davomida kamida ikki marta e’tiborimizni Muhammad Bekjon taqdiriga qaratish imkoniga ega bo’ldik. Birinchi marta 2-oktabr, Bekjon tug’ilgan kunida AQShning O’zbekistondagi elchisxonasi o’zining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali Bekjonni 62 yoshni qarshilaganli bilan tabrikladi va unga mustahkam sog’liq tiladi. Ikkinchi marta “Human Rights Watch” tashkiloti bir hafta davomida Bekjonga bag’ishlab targ’ibot kampaniyasini olib […]

Prezident o’limi mamlakatning kuchli va zaif taraflarini oshkor qildi

Prezident Islom Karimov o’limidan O’zbekistonning bir necha jihati ayon bo’ldi. Birinchidan, o’zbekistonliklar orasida Prezident Islom Karimovni chindan yaxshi ko’rgan, hurmat qilgan va qadrlaganlar ko’pligiga har bir kuzatuvchi ishonch hosil qildi. Odamlar to’kkan ko’z yoshlari haqiqiy, g’ami esa chuqur ekaniga Toshkent va Samarqand fuqarolari rasmlarini ko’rgan, respublikaning boshqa hududlari fuqarolari ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirgan fikrlarni o’qigan […]

Amerikadagi o’zbeklar va oilaviy zo’ravonlik

Bugun Nyu-York sudlarining birida bir o’zbekistonlik ishi ko’rildi. Yo’q, ekstremist guruhga a’zolikda gumon qilinayotgan odam ishi emas. Bir qaraganda oddiygina ish – er-xotinning urishgani haqida. Ammo bunday ishlar Nyu-York sudlarida ko’paymoqda. Politsiyaga turmush o’rtog’idan shikoyat qilgan o’zbekistonliklar, xususan, ayollar soni oshib bormoqda. Erning aytishicha, xotini bilan janjal chiqqanida ayol 911 raqamiga qo’ng’iroq qilgan. Zudlik bilan […]

“Kelin kerakmi, aylanay?”

To’ylar mavsumi boshlandi. O’zbek uchun to’ydan muhimroq tadbir bormi? Yo’q! Lekin xonadoningizdan karnay-surnay ovozi eshitilgunicha nima qilish kerak? Sarpo yig’ishmi? To’g’ri. Yana nima? Qizingizning bo’yi yetib qolgan bo’lsa, sovchi kutasiz. O’g’il uylantirmoqchi bo’lsangiz, kelin qidiradsiz. Toshkentdagi bir tanishim ham kelin qidiryapti. Qanday qidirayotganini men sizga hozir aytib beraman. *** Yonida kuyovlikka tayyor turgan o’g’li bilan […]

Amerikadagi o’zbeklar orasida turmush qurish va ajralish haqida

Bugungi mavzuga ikki hodisa sabab bo’ldi. Birinchisi – yaqinda Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan o’zbekona to’y. Ikkinchisi – “green card” olib, Nyu-Yorkka bola-chaqasi bilan ko’chib kelgan er-xotinning ajralishi. Nyu-Yorkda o’zbeklar ko’p. To’ylar ham bo’lib turadi. Afsuski, ajralishlar ham kam emas. Turmush qurgan yoshlar qayerda yashamasin – o’z vatani O’zbekistondami, Amerikadami – yangi hayotida qiyinchiliklar bo’lishi tabiiy. Ajralish […]

Olimpiadada omad, O’zbekiston!

Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimida Rossiya sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev O’zbekiston jamoasini Tojikiston deb tanishtirdi. Fikrimcha, Guberniyev uchun bu tasodifan yo’l qo’yilgan xato, uning ortida siyosiy sabab yoki g’araz bo’lmagan. Shunga qaramay bu xato internetda nihoyatda kuchli norozilikka sabab bo’ldi. “Facebook” ijtimoiy tarmog’i va boshqa vositalar orqali mavzuga bag’ishlangan suratlar tarqatildi, uning ishini qoralovchi gaplar yozildi. […]

Sochi Olimpiadasi ortida G’ofur Rahimov turibdimi?

AQShning Ey-Bi-Si (ABC) telekanali 2014-yilgi Olimpiadaning Sochida o’tkazilishi haqdagi qarorning qabul qilinishida asl o’zbekistonlik G’ofur Rahimov katta rol o’ynagani haqida xabar berdi. Telekanalning maxsus izlanish o’tkazgan muxbirining aniqlashicha, O’yinlarga tayyorgarlik paytida poraxo’rlik va korrupsiya cho’qqiga chiqqan va Olimpiada Rossiyaga nihoyatda qimmatga tushgan. Moskva va Sochi rasmiylari iddaolarni, tabiiyki, inkor etmoqda. Sochi musobaqalari Olimpiya o’yinlari tarixiga eng […]