Rossiyaning Telegramga qarshi kurashi: kim ustun?

Ekssentrik shaxs Uning shaxsiy oroli va o’zi ixtiro qilgan kripto-valyutasi bor. U “Matritsa” filmidagi Keanu Rivz qahramonidek qora kiyim kiyib yuradi. Vaqti-vaqti bilan esa internetda o’zining yarim-yalang’och rasmlarini chop etishni ham xush ko’radi va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taqlid deydi. U ixtiro qilgan messenjerdan yaqingacha Kreml xodimlari va Eron ruhoniylari foydalangan. Messenjer serverlari qaysi […]

Armaniston inqilob arafasidami?

Butun dunyo bo’ylab chekinayotgan demokratiya bilan tobora kuchayib borayotgan avtoritarizm shu kunlarda Armanistonda, asosan poytaxt Yerevanda to’qnashdi. Minglab odamlar ko’chalarda. Ma’lumotlarga ko’ra, to’qnashuvlarda o’nlab odamlar jarohatlangan, ular orasida aksariyat – namoyishchilar, ammo politsiya zobitlari ham bor. Talash nima ustidan? 2-mart kuni Armanistonda yangi prezident saylandi. Bu lavozimga Armen Sarkisyan loyiq deb topildi. Ammo uni xalq […]

Ozarbayjonda saylov: eski hammom, eski tos

Ozarbayjonda 11-aprel kungi prezident saylovlarida kim yutishi boshidan yaxshi ma’lum edi. Shu qadarki, bu voqea haqida ko’plar gapirib ham o’tirmadi, vaholanki, demokratik mamlakatda odatda prezident saylovi katta ahamiyatga ega, undan oldin saylovchilar fikri o’rganiladi, turli siyosiy guruhlar o’z platformalarini e’lon qilib, saylovchilar bilan uchrashadi, teledebat kabi muzokaralarda bellashadi. Ozarbayjonda hokimiyat 2003-yilda ota Haydar Aliyevdan uning […]

Azimjon Asqarovni ozod eting, deydi xalqaro tashkilot

Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi 2-aprel kuni o’zining “Matbuotni ozod eting” (#FreeThePress) kampaniyasini boshladi. Maqsad – kasbiy faoliyati uchun qamalgan besh nafar jurnalistni ozod eting, deya hukumatlarga murojaat qilish, bong urish. O’z mamlakatidagi vaziyatni qo’rqmasdan tanqid qila olgan va buning uchun panjara ortiga tushgan besh jasur va dovyurak jurnalist orasida qirg’izistonlik Azimjon Asqarov ham bor. […]

Urush davrida yahudiylarga quchoq ochgan O’zbekiston haqida film

Nyu-Yorkda yangi film taqdimoti O’zbekistonning Ulug’ vatan urushidagi (Ikkinchi jahon urushi) g’alabaga qo’shgan hissasi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Sovet Ittifoqining boshqa qismlaridan evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalar hamda minglab odamlarni o’zbeklar quchoq ochib kutib olgan. Ayni vaqtda minglab o’zbek yigitlar frontga ketgan, ayrimlari ko’ksi medallarga to’lib qaytgan bo’lsa, boshqalari jang maydonlarida halok bo’lgan yoki […]

AQSh Alisher Usmonovni “qora ro’yxat”ga kiritmoqchi

29-yanvar kuni AQSh hukumati sanksiyalariga uchragan shaxslarning yangilangan ro’yxatini e’lon qilishi kutilmoqda. Vashingtonda ko’plab siyosatchilar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin rasmiylar hamda shaxslarni ushbu ro’yxatga qo’shishni talab qilib chiqdi. Putinga yaqin deyilgan bunday shaxslar orasida kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bor. AQSh matbuotining yozishicha, Rossiyaga nisbatan keskin siyosat tarafdori bo’lmish qator senatorlar, shu […]

Qirg’iziston birinchi sun’iy yo’ldoshini fazoga uchirmoqchi

  Qirg’izistonda qiziq bir tashabbus ilgari surilmoqda. Mamlakat o’zining birinchi sun’iy Yer yo’ldoshini fazoga uchirsin, deyiladi “Kloop” mustaqil onlayn axborot agentligi saytida. Loyihaga tushuntirish berarkan, “Kloop” asoschisi Bektur Iskandar o’zining “Telegram” kanalida, AQShning NASA fazo tadqiqotlari agentligi loyihaga g’oyalar hamda maslahat bilan ko’maklashadi, deb yozgan. “Ammo pul o’zimizdan,” – deydi u. Shu bilan birga Iskandar […]

2017-yilda jurnalistlarni qamashda “rekord” qo’yildi

  2017-yil jurnalistlar uchun quiyin kechdi. Bu – matbuot erkinligi va jurnalistlar xavfsizligini kuzatib boradigan xalqaro tashkilotlar xulosasi. 13-dekabr kuni Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi 2017-yilda dunyo bo’ylab o’z ishini bajarayotgani uchun qamalgan jurnalistlarga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Hujjatga ko’ra, 2017-yilning 1-dekabrida dunyo bo’ylab 262 jurnalist panjara ortida bo’lgan. Bu tarixiy rekord. Yana 58 […]

2017-yilda nobud bo’lgan jurnalistlar

21-dekabr kuni Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi 2017-yilda dunyo bo’ylab o’z ishini bajarayotib halok bo’lgan jurnalistlarga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Hujjatga ko’ra, 2017-yilning 1-yanvaridan 15-dekabrigacha dunyo bo’ylab 42 jurnalist nobud bo’lgan. Yana 20 jurnalistning o’limiga aynan ularning kasbiy faoliyati sabab bo’lgan-bo’lmaganini tekshirgan tashkilot ma’lumot va dalillar taqchilligi bois uzil-kesil xulosaga kelmagan. Bu ma’noda eng […]