Rossiya Tataristonda tatar tilini chekladi

  Noyabr oxirida yuz bergan bir muhim voqea, afsuski, ko’pgina axborot vositalarining diqqat markaziga kirmadi. Rossiya tarkibidagi eng katta respublikalardan biri Tataristonda tatar tilini o’rganishga oid qonun o’zgartirildi: bundan buyon Tataristondagi maktablarda tatar tilini o’rganish “ixtiyoriy” asosda amalga oshiriladi va haftasiga ikki soatdan oshmaydi. Demak, Rossiyadagi ruslardan keyin soni bo’yicha ikkinchi eng katta etnik guruhning […]

Yevropada Kataloniya degan davlat paydo bo’ladimi?

Tugashiga qariyb bir oy qolgan yildagi muhim siyosiy voqealardan biri – Ispaniya poytaxti Madrid bilan Kataloniya o’rtasidagi janjal bo’ldi. Men bundan 18 yil avval Ispaniyada bo’lganimda, Kataloniya poytaxti Barselonaga ham borgandim. Barselonani aylanayotib, adashib qolganimda, bir keksa odamdan “falon joyga qanday borsam bo’ladi”, deb ispan tilida murojaat qilganman. Shunda u kishi bir nimalar degan-u, lekin […]

Kseniya Sobchak – prezidentlikka da’vogar

  Rossiyada 2018-yil mart oyiga mo’ljallangan prezident saylovlarida Kseniya Sobchakning qatnashishi ma’lum bo’ldi. Aniqrog’i, Sobchakning o’zi buni rasman tasdiqladi. Chunki uning prezidentlikka da’vo qilishi haqdagi mish-mishlar yurganiga kamida ikki oy bo’lgan edi. Ayrim manbalarga ko’ra, Sobchakning prezidentlikka da’vo qilishi ortida Kreml, to’g’rirog’i Prezident Vladimir Putin jamoasi turibdi. Gaplarga qaraganda, Putinga bu nomzodni uning atrofidagi yordamchilaridan […]

UNESCOga arab-Isroil mojarosi soya soldi

13-oktabr kuni BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat bo’yicha tashkiloti – UNESCOning yangi rahbari saylandi. Bu o’rinni 45 yoshli fransuz ayol, Fransiya sobiq madaniyat vaziri Odri Azule egalladi. Endi uning nomzodini UNESCO Bosh konferensiyasi tasdiqlashi kerak. Hozirda tashkilot tanazzulga uchragan desak mubolag’a bo’lmaydi. Mana faktlar: 1. 12-oktabr kuni UNESCO tarkibidan AQSh chiqdi. 2011-yilda bu tashkilot Falastinni […]

Kurdlar haqida so’ramoqchi bo’lganingiz savollar

25-sentabr kungi referendumda kurdlarning qariyb 93 foizi mustaqillik uchun ovoz berdi. Quyida masalaning eng muhim jihatlari: Kurdlar kim? Kurdlar Iroq, Eron, Suriya va Livan hududlarida yashaydi. Ayrim manbalarga ko’ra, Yaqin Sharq mintaqasida ular soni 35 million odamga teng, ya’ni hozirgi O’zbekiston aholisidan ko’proq. Kurdlar o’z davlatiga ega bo’lmagan eng katta millat hisoblanadi. Xo’sh, nima sababdan […]

Kuchli rahbar va yetakchi Angela Merkel

Aksariyat nemislar Angela Merkelni yaxshi ko’radi, uni “Mutti”, ya’ni onajon deb ataydi. U dunyodagi eng qudratli siyosatchilardan biri, Yevropa qit’asida esa eng nufuzlisi. Boshqa davlat rahbarlari uning fikriga quloq soladi – bunga sabab Germaniya iqtisodi ulkanligi ham, Merkelning siyosiy tajribasi kattaligi ham. Kansler lavozimi Germaniyada bir siyosatchi qayta-qayta kansler etib saylanishi mumkin, AQSh va ko’pgina […]

Bir oydan so’ng Qirg’izistonda saylov

Bir oydan so’ng, ya’ni 15-oktabr kuni voyaga yetgan qirg’izistonliklar yangi prezidentni saylash uchun saylov uchastkalariga yo’l oladi. Bu lavozimni ko’zlaganlar avvalida juda ko’p bo’ldi – qariyb 60 kishi. Biroq asta-sekin ular soni kamaydi. Ayrimlari nomzod bo’lishga loyiq deb topilmadi, yana ba’zilari o’z fikrini almashtirdi, arizasini qaytarib oldi. Nihoyat poygaga 13 da’vogar chiqdi. Bu nimasi bilan qiziq? […]

Qirg’izistonda Chexiya bilan bog’liq mojaro

Mojaro – Norin daryosi yuqori oqimida suv-elektr snansiyalarini qurish bo’yicha Chexiyada joylashgan “Liglass Trading” kompaniyasi bilan imzolangan kelishuv atrofida. Bu kelishuv haqida ilgari mana bu yerda xabar bergan edik. Undan buyon aniqlanishicha, birinchidan, chex kompaniyasi suv-elektr stansiyalarini qurish bobida hech qanday tajribaga ega emas. Ikkinchidan, bu kompaniya bankrot bo’lish arafasida (ayrim manbalarga ko’ra, 2016-yilda bankrot bo’lib bo’lgan). […]