O’zbekistonda ochilgan tirqish kattalashadimi?

Xalqaro hamjamiyat O’zbekistonga umid bilan qaramoqda. Bu gapni eshitmaganimga ancha bo’lgandi. Lekin 5-iyul kuni O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o’tkazgan jonli muloqotdan keyin xalqaro hamjamiyatning ikki muhim qismi – ommaviy axborot vositalaridan BBC va xalqaro tashkilotlardan inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” (HRW) bu gapni aytayotgan bo’lishi mumkin. Chunki BBCning o’zbek xizmatiga hamda xalqaro […]

Belarus inqilob yoqasidami?

Yevropaning so’nggi diktaturasi sifatida tanilgan Belarusda Erkinlik kuni marshi bo’lib o’tmoqda. Mamlakatning turli qismlarida namoyishlar fevralda boshlangan edi. Hukumat Ukraina kabi rangli inqilob bizning ham boshimizga tushmasin deb, namoyishchilar, faollar, muxolifat a’zolari va jurnalistlarni hibsga oldi, jarimaga tortdi, ayrimlarini qamadi, boshqalariga qarshi jinoiy ishlar ochdi. Ma’lumotlarga ko’ra, shu kungacha 270 odam jazolangan. Ulardan kamida 32 […]

Avtoritarizmning yangi to’lqini 

O’tgan hafta Vladimir Putin uchun xursandchilik davri bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Axir AQShda 8-noyabr kuni bo’lib o’tgan prezident saylovida Rossiya prezidentini maqtagan Donald Tramp g’olib chiqdi. Bolgariya va Moldovada ham Rossiyaga xayrixoh rahbarlar saylandi. Trampning ko’plab kuzatuvchilar uchun kutilmagan g’alabasini Rossiya Davlat dumasi deputatlari olqishladi. Ulardan biri, millatchi Vladimir Jirinovskiy Dumada shampan vinosi ochib ziyofat […]

Britaniya referendumi, Yevropa integratsiyasi istiqboli va AQShdagi aks-sado

Payshanba kechqurun Yevropa Ittifoqida uyquga ketgan britaniyaliklar yangi mamlakatda uyg’ondi: 23-iyul kungi referendum natijasida Britaniya Yevropadan ajraladigan bo’ldi. Referendumda ovozga qo’yilgan “Yevropa Ittifoqida qolish yoki chiqish tarafdorimisiz?” degan savolga saylovchilarning yarmidan ko’pi chiqish kerak deb javob bergan. Britaniyaliklarning o’zi hayratda. Mamlakat ichida va Yevropaning boshqa davlatlaridagi “Ittifoqchilar” bugunni “fojeali kun” deb atadi. “Qo’rqinchli davr boshlanmoqda”, […]

Sportda ayollar qachon g’alaba qozonadi? Jinsiy tenglik bo’lganida!

O’tgan haftada Kanadaning Vankuver shahrida AQSh ayollar futbol jamoasining 5-2 hisobi bilan Yaponiyani ortda qoldirib, FIFA Jahon kubogini yutgani hatto futob shinavandalarini hayronu-lol qoldirdi. Amerikada futbolga munosabat boshqa mamlakakatlarnikidan farq qiladi. Bu mamlakatda sokker deb ataladigan sportga ko’pgina amerikaliklar qiziqmaydi, o’ynamaydi ham. Ayollar futbol jahon chempionati ilk bor 1991-yil o’tkazilgan bo’lsa, AQSh ayollar futbol jamoasi […]