Mening do’stim Alisher
Bundan roppa-rosa 10 yil oldin O’sh markazida otib o’ldirilganida Alisher Soipov 26 yoshda edi. U mening do’stim va hamkasbim edi. 2005-yil iyun oyida, Andijon qirg’inidan bir oy ham o’tmay men andijonlik qochqinlardan intervyu olish maqsadida janubiy Qirg’izstonga bordim. Suzoq qishlog’i yaqinida o’rnatilgan qochqinlar lageri yonida meni Alisher kutardi. Tepasida “UNHCR” belgisi tushirilgan och kulrang palatkalar […]