Turkiyada referendum: “evet” yoki “hayir”

Yakshanba kuni turklar referendumda qatnashadi. Mamlakatning hozirda “evet” va “hayir”, ya’ni “ha” va “yo’q”chilarga bo’lingani haqida biz “Amerika Ovozi”da batafsil ma’lumot bergan edik. Agar referendumda ovozga qo’yilgan Konstitutsiyaga o’zgarishlar xususida aksariyat turkiyaliklar “ha” deb javob bersa, Prezident Rajab Toyib Erdog’an salohiyati deyarli cheksiz bo’ladi. Xususan, Erdog’an hukumat rasmiylarini tayinlash va ishdan bo’shatish, favqulodda vaziyat e’lon […]