Gollivudda hammayoq notinch
Gollivudda produser Xarvi Vaynshteynning jinsiy tajovuzkorlikda ayblanganidan bir oy o’tib, shunga o’xshash ishlar soni qariyb 40 taga yetdi. Ayollar va erkaklar tomonidan jinsiy tajovuz yoki tegajog’likda ayblanayotganlar orasida Gollivud yulduzlari – mashhur aktyor va rejissorlar, televizion boshlovchilar va qiziqchi, fotosuratchi, oshpaz va bloger qatorida siyosatchi va hatto AQShning sobiq prezidenti ota Jorj Bush ham bor. […]