Olimpiadada omad, O’zbekiston!

Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimida Rossiya sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev O’zbekiston jamoasini Tojikiston deb tanishtirdi. Fikrimcha, Guberniyev uchun bu tasodifan yo’l qo’yilgan xato, uning ortida siyosiy sabab yoki g’araz bo’lmagan. Shunga qaramay bu xato internetda nihoyatda kuchli norozilikka sabab bo’ldi. “Facebook” ijtimoiy tarmog’i va boshqa vositalar orqali mavzuga bag’ishlangan suratlar tarqatildi, uning ishini qoralovchi gaplar yozildi. […]

Sochi Olimpiadasi ortida G’ofur Rahimov turibdimi?

AQShning Ey-Bi-Si (ABC) telekanali 2014-yilgi Olimpiadaning Sochida o’tkazilishi haqdagi qarorning qabul qilinishida asl o’zbekistonlik G’ofur Rahimov katta rol o’ynagani haqida xabar berdi. Telekanalning maxsus izlanish o’tkazgan muxbirining aniqlashicha, O’yinlarga tayyorgarlik paytida poraxo’rlik va korrupsiya cho’qqiga chiqqan va Olimpiada Rossiyaga nihoyatda qimmatga tushgan. Moskva va Sochi rasmiylari iddaolarni, tabiiyki, inkor etmoqda. Sochi musobaqalari Olimpiya o’yinlari tarixiga eng […]