O’zbeklik va o’zlik

Nyu-Yorkda o’zbeklar juda ko’p. Shu qadar ko’pki, bir-birini ko’rganida ilgarigidek so’rashib, tanishish o’rniga o’zini ko’rmaganga oladigan, bir-birini begona odamdek qabul qiladigan bo’lgan. Bu tabiiy, chunki vatandoshlar bir-biri bilan tanishgani sari ayrim hollarda o’zbek bo’lishdan boshqa umumiy jihat yoki qiziqish yo’qligini ham tushunadi odam. Lekin muloqot doim bir xil. –      Amerikaga kelganingizga qancha bo’lgan? –      “Green […]

Markaziy osiyoliklar Rossiya uchun yotmi?

Mana bir necha kundirki hammaning og’zida bir gap – Biryulyovo voqealari. Nima bo’lgani va kim aybdorligini o’zbeklar, qolaversa, barcha markaziy osyolik “gastarbayterlar” taqdiri bilan qiziqqan odam yaxshi bilib olgan desam, adashmasam kerak. Vaholanki, Rossiyada ishlayotgan qarindoshi yoki, hech bo’lmasa, qo’shnisi bo’lmagan o’zbekistonlikning o’zi qolmagan bu kunda. Achchiqlanarli fakt shuki, rossiyaliklarning markaziy osiyoliklarga keskin salbiy munosabati […]

Nega bir-birimizni qo’llab-quvvatlashni bilmaymiz?

Nargiz Zokirova Rossiya birinchi telekanalidagi “Golos” shou-dasturidagi ishtiroki sababli katta shov-shuvga sabab bo’lmoqda. Mashhur “Scorpions” guruhining “Still loving you” qo’shig’ini originalidan ham yaxshiroq ijro etgani nafaqat hakamlar hay’ati va tomoshabinlarni hayratga ketlirdi, balki butun internet olamida muhokama qilinmoqda. Sovet davrida olingan “Vodillik kelin” filmini eslagan rossiyaliklar, qozog’istonlik va boshqalar Nargizni “Ne zabivay menya” (“Unutma meni”) […]