AQSh Alisher Usmonovni “qora ro’yxat”ga kiritmoqchi

29-yanvar kuni AQSh hukumati sanksiyalariga uchragan shaxslarning yangilangan ro’yxatini e’lon qilishi kutilmoqda. Vashingtonda ko’plab siyosatchilar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin rasmiylar hamda shaxslarni ushbu ro’yxatga qo’shishni talab qilib chiqdi. Putinga yaqin deyilgan bunday shaxslar orasida kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bor. AQSh matbuotining yozishicha, Rossiyaga nisbatan keskin siyosat tarafdori bo’lmish qator senatorlar, shu […]

Kseniya Sobchak – prezidentlikka da’vogar

  Rossiyada 2018-yil mart oyiga mo’ljallangan prezident saylovlarida Kseniya Sobchakning qatnashishi ma’lum bo’ldi. Aniqrog’i, Sobchakning o’zi buni rasman tasdiqladi. Chunki uning prezidentlikka da’vo qilishi haqdagi mish-mishlar yurganiga kamida ikki oy bo’lgan edi. Ayrim manbalarga ko’ra, Sobchakning prezidentlikka da’vo qilishi ortida Kreml, to’g’rirog’i Prezident Vladimir Putin jamoasi turibdi. Gaplarga qaraganda, Putinga bu nomzodni uning atrofidagi yordamchilaridan […]

Va yana Gulnora haqida

Kuni kecha “Gulnora Karimova” nomli epopeyaning yangi qismi tomoshabinlarga taqdim etildi. Bu safar loyihani taqdim etgan taraf – Londonda joylashgan “Davidson Ryan Dore” piar (PR) firmasi. Firma tarqatgan suratlarda Gulnora Karimova ekani aytilayotgan ayol harbiy forma kiygan odamlar bilan tasvirlangan. Suratlardan ayolning zobitlar bilan bahslashayotganini payqash mumkin. Rasmlarga berilgan tushuntirishga ko’ra, Karimova uy qamog’ida  saqlanayotgan  […]

Sochi Olimpiadasi ortida G’ofur Rahimov turibdimi?

AQShning Ey-Bi-Si (ABC) telekanali 2014-yilgi Olimpiadaning Sochida o’tkazilishi haqdagi qarorning qabul qilinishida asl o’zbekistonlik G’ofur Rahimov katta rol o’ynagani haqida xabar berdi. Telekanalning maxsus izlanish o’tkazgan muxbirining aniqlashicha, O’yinlarga tayyorgarlik paytida poraxo’rlik va korrupsiya cho’qqiga chiqqan va Olimpiada Rossiyaga nihoyatda qimmatga tushgan. Moskva va Sochi rasmiylari iddaolarni, tabiiyki, inkor etmoqda. Sochi musobaqalari Olimpiya o’yinlari tarixiga eng […]

Rossiyadagi voqealar haqida nima deysiz?

Biryulyovodagi voqealar va ular ketidan Rossiyada avj olgan millatchilik va tazyiqlar hech kimni befarq qoldirmadi. Quyida muxlislarimizdan kelgan maktublar. Siz ham fikr bildiring, bizga yozing. Qiziq gap, chuqur tahlil bo’lsa, albatta chop etamiz.  “Rus muxolifatining namoyondalaridan bo‘lmish Aleksey Navalniy Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari bilan viza tartibini joriy qilish uchun imzo to‘plashni boshlabdi. Bunga 13-oktabr […]

Markaziy osiyoliklar Rossiya uchun yotmi?

Mana bir necha kundirki hammaning og’zida bir gap – Biryulyovo voqealari. Nima bo’lgani va kim aybdorligini o’zbeklar, qolaversa, barcha markaziy osyolik “gastarbayterlar” taqdiri bilan qiziqqan odam yaxshi bilib olgan desam, adashmasam kerak. Vaholanki, Rossiyada ishlayotgan qarindoshi yoki, hech bo’lmasa, qo’shnisi bo’lmagan o’zbekistonlikning o’zi qolmagan bu kunda. Achchiqlanarli fakt shuki, rossiyaliklarning markaziy osiyoliklarga keskin salbiy munosabati […]

Nega bir-birimizni qo’llab-quvvatlashni bilmaymiz?

Nargiz Zokirova Rossiya birinchi telekanalidagi “Golos” shou-dasturidagi ishtiroki sababli katta shov-shuvga sabab bo’lmoqda. Mashhur “Scorpions” guruhining “Still loving you” qo’shig’ini originalidan ham yaxshiroq ijro etgani nafaqat hakamlar hay’ati va tomoshabinlarni hayratga ketlirdi, balki butun internet olamida muhokama qilinmoqda. Sovet davrida olingan “Vodillik kelin” filmini eslagan rossiyaliklar, qozog’istonlik va boshqalar Nargizni “Ne zabivay menya” (“Unutma meni”) […]