BusinessUSA – yangi tadbirkorlar uchun amaliy portal

Posted April 15th, 2013 at 11:15 pm (UTC+4)
Leave a comment

Amerikada kichik biznes boshlamoqchi bo’lsangiz, buning uchun zarur bilimlar bilan qurollanishingiz kerak. Bu mamlakatda biznes uchun imkoniyatlar, qonunlar, soliqlar haqida bilsangiz, ishingiz ancha oson kechadi. Bu ma’lumotlarning barchasi internetda mavjud. Bundan tashqari har bir shtat yoki shaharda mahalliy ma’muriyatning tadbirkorlarga maslahat beruvchi idoralari bor.

Prezident Barak Obama ko’rsatmasiga ko’ra, 2011-yilda BusinessUSA loyihasi ishga tushdi. Bu markazlashgan internet resurs bo’lib, tadbirkorlarga ko’plab masalalar bo’yicha yordam berish uchun yaratilgan.

Resursning ahamiyatli tomoni shundaki, tadbirkorlar qonunlar va imkoniyatlarni qidirib, turli vazirliklar va davlat agentliklarining saytlariga alohida kirib, ko’p vaqt yo’qotmasligi uchun barcha zarur axborot bir yerda mujassamlashgan.

BusinessUSA biznes boshlamoqchi bo’lganlarga qadamma-qadam maslahat beradi, to’g’ri yo’lga yo’naltiradi. Qaysi sohada biznes ochmoqchi bo’layotganingizga qarab BusinessUSA biznes plan tuzish, litsenziyani qanday va qayerda qo’lga kiritish, ish boshlash uchun kredit yoki moliyaviy yordamni qanday olish haqida ma’lumot beradi, mavzuga doir maqolalarni tavsiya qiladi.

Maqolalar arxivi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *