Kaliforniyada ekologik drankalar ishlab chiqarilmoqda

Posted March 12th, 2019 at 11:25 pm (UTC+4)
Leave a comment

Kaliforniya shtatining shimoliy hududlari nafaqat iliq iqlimi va sharobi bilan, balki tutunga to’la havosi bilan ham tanilgan. Smog tarkibida azot va oltingugurt oksidi kabi zararli gazlar bo’lib, tumanga o’xshab ketadi. Bunga, asosan, avtomobillardan chiqayotgan chiqindi gazlar sabab bo’lmoqda. Muammoni hal qilishda mana bu kichik granulalar ish berishi mumkin.

“3M” kompaniyasi uy tomlarini yopishda ishlatiluvchi drankalarni fotokatalitik granulalar bilan qoplamoqda. Bu granulalar atmosferadagi qattiq zarralarni ajratib olib, ular bilan reaksiyaga kirishib, zarralarni suvda eriydigan oddiy tuzga aylantiradi. Shudring tushishi yoki yomg’ir yog’ishi bilan tuz yuvilib ketadi.

Biroq bunday ekologik drankalar oddiylaridan qimmatroqdir.

“Havoning ifloslanishiga qarshi kurashuvchi granulalar bor ekan, ulardan foydalanish kerak”, – deydi Jeyms Martines.

Janubiy Kaliforniya universitetining Ekologik salomatlik bo’limi mutaxassisi Ed Avolning aytishicha, granulalar hamon sinovdan o’tmoqda.

“Bu granulalarning kichik, yopiq, aniq, tinch muhitda ishlashi ma’lum, ammo ochiq havoda, katta hududda qanchalik samara berishini hozircha bilmaymiz”, – deydi olim.

“3M” kompaniyasiga ko’ra, mahsulot narxini past ushlab turish uchun har bir yangi tomning besh foizigina fotokatalitik granulalar bilan qoplanmoqda. Bu uch dona daraxtning havoni tozalash quvvatiga teng. Bir qaraganda bu ko’p emas, ammo Kaliforniyadagi hamma uylarning tomi shunday bo’lsa, shtat havosi ancha tozalanishi mumkin.

Maqolalar arxivi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *