Showing Archived Posts

Beton ishlab chiqarishda atrof-muhitga g’amxo’rlik qiluvchi kompaniyalar

Posted May 26th, 2021 at 8:40 pm (UTC+4)
Leave a comment

AQSh Prezidenti Jo Bayden iqtisodiyotni ko’tarish, ish o’rinlarini yaratish, iqlim o’zgarishiga qarshi kurash maqsadida infratuzilmani yaxshilash va qayta qurishga qaratilgan 2,3 trillion dollarlik qonun loyihasini Kongressdan o’tkazishga harakat qilmoqda. Biroq yo’llar, ko’priklar va boshqa infratuzilmani qurishda ishlatiladigan beton issiqxona gazlarining eng katta manbai hisoblanadi. “CarbonBuilt” deb nomlangan kompaniya beton bloklarini maxsus retsept bo’yicha maxsus pechda […]

Dizaynerlik suzish kiyimlaridan tibbiy niqob ishlab chiqarishgacha

Posted March 15th, 2021 at 12:00 am (UTC+4)
Leave a comment

2020-yil aprelidan beri Amerikaning Virjiniya shtatida joylashgan bir sex dizaynerlik suzish kiyimlarini ishlab chiqarishni to’xtatib, niqoblar va tibbiy kiyim tayyorlashga o’tgan. Koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan dizayner Karla Kolettoning suzish kiyimlariga talab 75 foizga tushdi. “Faoliyatimizni davom ettirish uchun vaziyatni o’zgartirish kerakligini tushundik. Suzish kiyimlari liniyasini to’xtatdik. Kasalxonalarda shaxsiy himoya vositalariga talab katta ekanini ko’rdik”, – […]

Bayden kichik biznes egalariga yordam taklif etmoqda

Posted February 23rd, 2021 at 2:42 am (UTC+4)
Leave a comment

Prezident Jo Baydenning aytishicha, Amerikada kichik bizneslar iqtisodiy taraqqiyot lokomotivlari, jamoalarning yelimi, yuragi va qalbidir. Biroq koronavirus pandemiyasi oqibatida sanoat jiddiy zarar ko’rgan – shu kungacha 400 mingga yaqin kichik biznes yopilib ketdi, millionlab tadbirkorlar faoliyatini arang olib bormoqda. Bayden nazarida, asosan, qora tanli, latino va osiyolik-amerikalik jamoalarga qiyin. AQShda kichik bizneslarga xodimlari soni 1500 […]

Texnologik kompaniyalar aqlli ko’zoynaklar yaratishda raqobat qilmoqda

Posted August 16th, 2020 at 9:39 pm (UTC+4)
Leave a comment

Smartfonlar inson xulqini o’zgartirdi. Hozir ixtirochilar aqlli ko’zoynaklar ustida ishlamoqda. “Google” kompaniyasining olti yil avval bozorga chiqqan ko’zoynagi ommaviylashmadi. Katta-kichik shirkatlar bu boradagi izlanishlarni davom ettirmoqda. “Atrofimizdagi dunyoni yaxshiroq anglash uchun kelajakda yolg’iz smartfonlar bilan cheklanib qolmaymiz. Hozir biz ana shu kelajakka sarmoya qilyapmiz”, – deydi “Snapchat” ilovasini yaratgan “Snap” kompaniyasi vakili Liz Gudno. Kaliforniya […]

Silikon vodiysi malakali mutaxassislardan ayrilmoqda

Posted July 3rd, 2020 at 11:12 pm (UTC+4)
Leave a comment

Ilg’or texnologiyalar bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar rahbarlari Tramp ma’muriyatining ishchi vizalar berilishini vaqtincha to’xtatish qaroridan norozi. Ba’zilari bunga javoban xorijda biznes ochishini yoki chet eldagi faoliyatini kengaytirishini ma’lum qildi. “H-1B turdagi viza berilishining to’xtatilishi natijasida kompaniyalar rahbarlari immigratsiyaga quloch yozuvchi Kanada kabi mamlakatlarda ofislar ochib, odam yollashga majbur bo’ladi”, – deydi Silikon vodiysida ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash […]

Kaliforniyada ekologik drankalar ishlab chiqarilmoqda

Posted March 12th, 2019 at 11:25 pm (UTC+4)
Leave a comment

Kaliforniya shtatining shimoliy hududlari nafaqat iliq iqlimi va sharobi bilan, balki tutunga to’la havosi bilan ham tanilgan. Smog tarkibida azot va oltingugurt oksidi kabi zararli gazlar bo’lib, tumanga o’xshab ketadi. Bunga, asosan, avtomobillardan chiqayotgan chiqindi gazlar sabab bo’lmoqda. Muammoni hal qilishda mana bu kichik granulalar ish berishi mumkin. “3M” kompaniyasi uy tomlarini yopishda ishlatiluvchi drankalarni […]

Robotlar qurilishda odamlarning o’rnini egallamoqda

Posted April 8th, 2018 at 11:03 pm (UTC+4)
Leave a comment

Yaqin kelajakda qurilishda, asosan, robotlar ishlaydi. Masalan, yarim avtomatlashgan g’isht qo’yuvchi mana bu mashinani olaylik. “Berich Meysonri” kompaniyasi yaratgan robot bir kunda 3000 tagacha g’isht qo’yadi. “Sifatni yo’qotmagan holda samaradorlikni oshirmoqchi bo’ldik”, – deydi kompaniya prezidenti Todd Berich. Yoki 20 daqiqa ichida havodan 36 gektar maydonni 3-D tasvirga tushiruvchi dronni olaylik. Inson bu ishni kuni […]

Quyosh nuridan elektr toki olishning yangicha usuli

Posted December 3rd, 2017 at 9:30 pm (UTC+4)
Leave a comment

Eng so’nggi texnologiya tufayli, quyosh nurini endi panellarsiz elektr tokiga aylantirish mumkin. Quyosh panellarini tobora ko’plab imoratlar tomida ko’rsa bo’ladi hozir. Odamlar uyini isitishda va yoritishda quyosh nuridan foydalanishni o’rganib olgan. Biroq quyosh nurlari imorat devorlariga ham tusharkan, tadbirkor Hasan Beygning kompaniyasi maxsus oyna yordamida bu nurlarni ham energiyaga o’girishni boshlagan. “Bunday oyna yordamida uchta […]

Buzilgan mevalardan foyda ko’ruvchi kompaniya

Posted July 17th, 2017 at 5:29 am (UTC+4)
Leave a comment

Bozorga chiqarilayotgan mevalarning 30 foizi turli sabablarga ko’ra buziladi, bu esa biznesga zarar. “Meva solingan idishlar tashilayotgan payt sinishi yoki zarar ko’rishi, korobka yoki qutilar namlanishi mumkin”, – deydi Shvetsiyada buzilgan mevalarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi kompaniya rahbari Sesiliya Larson. Shirkat supermarketlar qaytarib yuborgan mevalarni olib, sharbat tayyorlaydi. Qutilarning ba’zilarida olmalarning uch foizigina buzilgan bo’lishi […]

Tuz Amerikada qanday ishlanadi?

Posted March 19th, 2017 at 7:51 pm (UTC+4)
Leave a comment

“Amerika Tuz kompaniyasi” qishda yo’llardagi qor va muzni eritish uchun zarur maxsus tuz ishlab chiqaradi. Tuz uy xo’jaligida va boshqa sanoatlarda ham ishlatiladi. Uni yer ostidan 400 metr chuqurlikdan qazib olishadi. Nyu-York shtatida joylashgan bu tuz konidan kuniga 20 ming tonna tuz mijozlarga yetkaziladi. “Yer ostida ko’plab idoralarimiz bor, ekskavator, boshqa texnikamiz shu yerda. Yerosti […]