Showing Archived Posts

Amerikada stomatologiya klinikasini ochish osonmi?

Posted September 28th, 2014 at 9:59 pm (UTC+4)
Leave a comment

Denver atrofida yashovchi markaziy osiyoliklar uni “Doktor Aziz” deb chaqirishadi. Qayerga bormaylik, markaziy osiyoliklarning hammasi uni taniydi. Shunga qaramay, mijozlarimning 90 foizi amerikaliklar, deydi u. “Odamlarimizning tishi og’rimaguncha kelishmaydi. Amerikaliklar esa profilaktika uchun olti oyda bir kelib turishadi”. Aziz Rasulov Amerikaga grin karta bilan 1996-yilda kelgan. Dushanbe Tibbiyot universitetining bitiruvchisi AQShda o’z sohasi bo’yicha ishlashni […]

Koloradolik yosh tadbirkor ayolning taqinchoqlar biznesi

Posted September 8th, 2014 at 10:56 pm (UTC+4)
Leave a comment

Qo’shma Shtatlarda yashayman, biznes qilaman degan odamga sharoit ham bor, qiyinchilik ham yetarli. Masalan, taqinchoq, zeb-ziynat yasash yoki bu mahsulotni sotishni oling. Ishni nimadan boshlagan ma’qul? Qancha moliya kerak? Kimdan maslahat olasiz? Koloradoda yashayotgan toshkentlik Iroda Shamshiyeva biz bilan suhbatda bu savollarga javob berdi. Kolorado shtati, Brumfild shahridagi savdo markazida taqinchoq sotilayotgan do’koncha – tadbirkor […]

Amerikada yoshlarni tadbirkorlikka o’rgatuvchi dastur

Posted August 12th, 2014 at 8:09 pm (UTC+4)
Leave a comment

Dunyodagi ko’p mamlakatlarda yoshlar orasida ishsizlik katta muammo. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida iyul oyida bu ko’rsatkich 13 foizdan sal yuqori edi, yillik ishsizlik sur’ati esa yoshlar orasida olti foizdan ko’p. Biroq Tadbirkorlikdan saboq berish tarmog’i deb nomlangan yangi dastur yordamida kam daromadli oilalardan chiqqan yoshlar biznes yuritish sirlarini o’rganmoqda. Sofiya Kontreras bolaligidan o’z biznesiga ega […]

Amerikada o’zbek mobil o’yini ishlandi – “Uchar ketmon”

Posted July 13th, 2014 at 8:31 pm (UTC+4)
Leave a comment

Yaqinda smartfonlar va planshetlar uchun yangi o’yin chiqdi. Uning mualliflari Amerikada yashayotgan toshkentlik aka-uka. “Uchar ketmon” hozircha O’zbekistonda eng ko’p yuklangan o’yin bo’lib qolmoqda. Akmalxon Sharipov Amerikaga 2007-yil oxirida kelgan. “Uchar ketmon” Akmalning imtihoni uchun tayyorlangan o’yin edi, deydi unga bu loyihada yordam bergan akasi Abror Sharipov. “Ukam bir programmadan saboq olib, imtihon uchun programma […]

Mobil o’yinlar bozori chaqqonlashmoqda

Posted June 19th, 2014 at 12:34 am (UTC+4)
Leave a comment

Dunyoda uyali telefonlarning ommaviylashishi oqibatida ulardagi o’yinlarga qiziqish ham ortmoqda. Bu sanoat jadal rivojlanib, joriy yilda katta daromad keltirishi kutilmoqda. Yaqinda Los-Anjelesda ko’ngilochar elektronika ko’rgazmasi o’tkazildi. Unda o’yin ishqibozlari va ishlab chiqaruvchilar qatnashdi, yangi o’yinlar ko’z-ko’z qilindi. Ilk kompyuterlar o’ta sekin ishlab, surat, tovush, maxsus effektlarni ko’rish yoki tinglash uchun katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlay […]

Gollivud filmlarini ishlab chiqarish globallashmoqda

Posted May 13th, 2014 at 3:22 am (UTC+4)
Leave a comment

Gollivudning ko’plab mashhur filmlari maxsus effektlarga boy. Ularning aksariyati shu paytgacha Gollivudda tayyorlanar edi. Ammo hozir filmni AQShda, o’ziga xos effektlarini esa xorijiy davlatlarda ishlab chiqarish mumkin. Film sanoatidagi maxsus effektlarning globallashuvi Gollivuddagi hamda butun dunyodagi kinochilar ijodiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda? Tommi Uilyamson film yaratishni yaxshi ko’radi. U maxsus effektlar mutaxassisi sifatida ko’plab filmlar ustida […]

AQShda quyosh quvvati bilan ishlovchi kompaniyalar soni oshmoqda

Posted April 13th, 2014 at 11:56 pm (UTC+4)
Leave a comment

  Gavayida import qilingan neftdan yirik generatorlar yordamida yoqilg’i olinmoqda. 10 yildan oshiq vaqt ilgari Derren Kimura “Sopogy” nomli kompaniyaga asos solgan. Firma nafaqat korxonalarni issiqlik bilan, balki mahalliy aholini elektr quvvati bilan ta’minlaydi. “Sopogy” ikki megavattlik quyosh quvvati stansiyasini yuritadi. Stansiya Gavayining katta orolida joylashgan. Quyosh energiyasini to’plovchi bu sistemalar Kaliforniyadagilaridan kichikroq va yengilroq […]

Keytering biznes xizmati haqida

Posted March 17th, 2014 at 2:09 am (UTC+4)
Leave a comment

Birorta tadbir uyushtirayotgan bo’lsangizu, mehmonlaringiz uchun chiroyli dasturxon tuzamoqchi bo’lsangiz, keytering xizmatidan foydalanasiz. “Biz yirik bazmlarda, premyera tadbirlarida, kokteyl o’tirishlarida, to’y va turli xil boshqa tantanalarda xizmat qilamiz”, – deydi Los-Anjelesdagi “Alligator Pear Catering” kompaniyasi egasi Abi Chilton. Chiltonning keytering firmasi universitetlar, yirik kinostudiyalar, va hatto Oskar taqdimot marosimiga oziq-ovqat yetkazib turadi. Mijozlar ularning xizmatidan […]

Amerikada mahalliy pivoga qiziqish ortmoqda

Posted February 2nd, 2014 at 11:46 pm (UTC+4)
Leave a comment

Amerikaliklar kichik pivo zavodlariga borib, nomi hali chiqmagan, o’zgacha mazali ichimliklarni tatib ko’rishga qiziqadi. Los-Anjeles shahrining sanoatlashgan rayonida ikki yil oldin “Golden Road Brewing” pivo mini-zavodi ishga tushgan. Bu joy oldin temir yo’l deposi edi. Korxona egalari va xodimlari har hafta pivoxo’rlikka to’planadi. Ulardan biri Meg Gillning aytishicha, buning orasida muhim masalalar ham muhokama qilinadi. […]

Amerikada to’qimachilik sohasi qayta jonlanmoqda

Posted December 30th, 2013 at 6:33 pm (UTC+4)
Leave a comment

AQShda bir necha o’n yillik inqirozdan so’ng to’qimachilik va yengil sanoati yana rivojlanmoqda, fabrikalar Xitoy kabi ishchi kuchi arzon mamlakatlar bilan teng raqobat qilmoqda. Masalan, bir vaqtlar to’qimachilik sohasi yuksalgan Shimoliy Karolina shtatida jabha yangi texnologiyalar yordamida qayta qad ko’tarmoqda. Shimoliy Karolinaning Burlington shahridagi fabrikada og’ir yuklarni robotlar ko’taradi. Korxonada har hafta 110 tonna yigirilgan […]