AQSh Prezidenti Jo Bayden iqtisodiyotni ko’tarish, ish o’rinlarini yaratish, iqlim o’zgarishiga qarshi kurash maqsadida infratuzilmani yaxshilash va qayta qurishga qaratilgan 2,3 trillion dollarlik qonun loyihasini Kongressdan o’tkazishga harakat qilmoqda. Biroq yo’llar, ko’priklar va boshqa infratuzilmani qurishda ishlatiladigan beton issiqxona gazlarining eng katta manbai hisoblanadi. “CarbonBuilt” deb nomlangan kompaniya beton bloklarini maxsus retsept bo’yicha maxsus pechda […]
Beton ishlab chiqarishda atrof-muhitga g’amxo’rlik qiluvchi kompaniyalar
Dizaynerlik suzish kiyimlaridan tibbiy niqob ishlab chiqarishgacha
2020-yil aprelidan beri Amerikaning Virjiniya shtatida joylashgan bir sex dizaynerlik suzish kiyimlarini ishlab chiqarishni to’xtatib, niqoblar va tibbiy kiyim tayyorlashga o’tgan. Koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan dizayner Karla Kolettoning suzish kiyimlariga talab 75 foizga tushdi. “Faoliyatimizni davom ettirish uchun vaziyatni o’zgartirish kerakligini tushundik. Suzish kiyimlari liniyasini to’xtatdik. Kasalxonalarda shaxsiy himoya vositalariga talab katta ekanini ko’rdik”, – […]
Texnologik kompaniyalar aqlli ko’zoynaklar yaratishda raqobat qilmoqda
Smartfonlar inson xulqini o’zgartirdi. Hozir ixtirochilar aqlli ko’zoynaklar ustida ishlamoqda. “Google” kompaniyasining olti yil avval bozorga chiqqan ko’zoynagi ommaviylashmadi. Katta-kichik shirkatlar bu boradagi izlanishlarni davom ettirmoqda. “Atrofimizdagi dunyoni yaxshiroq anglash uchun kelajakda yolg’iz smartfonlar bilan cheklanib qolmaymiz. Hozir biz ana shu kelajakka sarmoya qilyapmiz”, – deydi “Snapchat” ilovasini yaratgan “Snap” kompaniyasi vakili Liz Gudno. Kaliforniya […]
Kaliforniyada ekologik drankalar ishlab chiqarilmoqda
Kaliforniya shtatining shimoliy hududlari nafaqat iliq iqlimi va sharobi bilan, balki tutunga to’la havosi bilan ham tanilgan. Smog tarkibida azot va oltingugurt oksidi kabi zararli gazlar bo’lib, tumanga o’xshab ketadi. Bunga, asosan, avtomobillardan chiqayotgan chiqindi gazlar sabab bo’lmoqda. Muammoni hal qilishda mana bu kichik granulalar ish berishi mumkin. “3M” kompaniyasi uy tomlarini yopishda ishlatiluvchi drankalarni […]
Robotlar qurilishda odamlarning o’rnini egallamoqda
Yaqin kelajakda qurilishda, asosan, robotlar ishlaydi. Masalan, yarim avtomatlashgan g’isht qo’yuvchi mana bu mashinani olaylik. “Berich Meysonri” kompaniyasi yaratgan robot bir kunda 3000 tagacha g’isht qo’yadi. “Sifatni yo’qotmagan holda samaradorlikni oshirmoqchi bo’ldik”, – deydi kompaniya prezidenti Todd Berich. Yoki 20 daqiqa ichida havodan 36 gektar maydonni 3-D tasvirga tushiruvchi dronni olaylik. Inson bu ishni kuni […]
Quyosh nuridan elektr toki olishning yangicha usuli
Eng so’nggi texnologiya tufayli, quyosh nurini endi panellarsiz elektr tokiga aylantirish mumkin. Quyosh panellarini tobora ko’plab imoratlar tomida ko’rsa bo’ladi hozir. Odamlar uyini isitishda va yoritishda quyosh nuridan foydalanishni o’rganib olgan. Biroq quyosh nurlari imorat devorlariga ham tusharkan, tadbirkor Hasan Beygning kompaniyasi maxsus oyna yordamida bu nurlarni ham energiyaga o’girishni boshlagan. “Bunday oyna yordamida uchta […]
Buzilgan mevalardan foyda ko’ruvchi kompaniya
Bozorga chiqarilayotgan mevalarning 30 foizi turli sabablarga ko’ra buziladi, bu esa biznesga zarar. “Meva solingan idishlar tashilayotgan payt sinishi yoki zarar ko’rishi, korobka yoki qutilar namlanishi mumkin”, – deydi Shvetsiyada buzilgan mevalarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi kompaniya rahbari Sesiliya Larson. Shirkat supermarketlar qaytarib yuborgan mevalarni olib, sharbat tayyorlaydi. Qutilarning ba’zilarida olmalarning uch foizigina buzilgan bo’lishi […]
Tuz Amerikada qanday ishlanadi?
“Amerika Tuz kompaniyasi” qishda yo’llardagi qor va muzni eritish uchun zarur maxsus tuz ishlab chiqaradi. Tuz uy xo’jaligida va boshqa sanoatlarda ham ishlatiladi. Uni yer ostidan 400 metr chuqurlikdan qazib olishadi. Nyu-York shtatida joylashgan bu tuz konidan kuniga 20 ming tonna tuz mijozlarga yetkaziladi. “Yer ostida ko’plab idoralarimiz bor, ekskavator, boshqa texnikamiz shu yerda. Yerosti […]
Imoratni inspeksiya qiluvchi robotlar yaratildi
Olimlar bugun dunyoda robotlarning xilma-xil turlari ustida ishlamoqda. Yaqinda Singapurda yaratilgan bir robot imoratlarni insonga qaraganda ikki karra tezroq va yaxshiroq inspeksiya qilishi aniqlandi. “Kvikabot” (QuicaBot) inspeksiya uchun zarur qurollar osilgan kamar taqish o’rniga imoratlarni lazer skaner va yuqori texnologik kameralar bilan tekshiradi. Bu issiqlik infra qizil kamerasi havo haroratidagi o’zgarishni payqab, bo’sh taxlangan plitalarni […]
Pitsa pishiruvchi robotlar tajribadan o’tkazilmoqda
Tez orada pitsani robotlar pishirib berishi mumkin. Kaliforniyadagi bir kompaniya hozir shuni tajribadan o’tkazmoqda. “Zume” (Zum) startap-firmasi ikkita robot sotib olib, ularni ishga soldi. Firma bunday yangilik bilan ko’proq xaridorlarni o’ziga tortmoqchi. Biroq robotlar pitseriya ketidan oilasini tebratayotgan odamlarni ishsiz qoldirmasmikan? “Takrorlanuvchi harakat uchun mehnatga kamroq pul sarflaymiz, ya’ni pepperonini kesish, pishloqni pitzaga sepish. Takrorlanuvchi […]