Pitsburglik yosh o’zbek tadbirkori maslahatlari – Franshiz oshxonasi

Posted September 24th, 2013 at 11:58 pm (UTC+4)
Leave a comment

Anvar Qorayev 26 yoshda, asli Surxondaryodan. Amerikaga kelganiga 4 yil bo’ldi. Uch yil oldin esa “Subway” oshxonasi tizimida ishlay boshlagan.

Franchayzing yoki franshiz kompaniyaning jismoniy shaxsga to’lov asosida o’z biznes modelidan foydalanishga imkon beruvchi munosabatlardir. Bunda kompaniya bu shaxsga o’z mahsulotlari, savdo belgisi va brendidan foydalanishga ruxsat beradi. Biroq buning uchun frenshiz bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan shaxs kompaniya qoida, sharti va standartlariga rioya qilishi shart. “Subway” ana shunday kompaniyalardan bo’lib, o’ziga xos taom taklif qiladi.

“Subway” ochish uchun qancha mablag’ kerak? Franchayzing asosida kafe yuritish bilan mustaqil ravishda oshxona ochishning qanday farqi bor?

Yuqoridagi videoda Anvar shu savollarga javob beradi.

Pitsburgdagi tadbirkor o’zbek ayoli – Tamilla Bobojonova

Posted September 17th, 2013 at 11:12 pm (UTC+4)
Leave a comment

Haftaning o’rtasi…Grin-Tridagi salonga damba dam mijoz kirayapti. Uzoq yillik kliyentlar, deya tushuntiradi Tamilla Bobojonova. U bu biznesni qo’lga olganiga bir yil bo’ldi.

“Azaldan yoqtirgan soham edi. Nyu-Yorkda ikki yillik kosmetolog, stilist (esthetician) kurslarini tamomlaganman”, – deydi u.

Uch farzandning onasi bo’lmish Tamilla biznesni ham, uyni ham eplayotgan pitsburglik chaqqon o’zbeklardan. Bu ishni ochishda unga suyanchiq bo’lgan, moliyaviy madad bergan – turmush o’rtog’i. Nyu-Yorkda olgan bilimini avvaliga Pitsburgdagi go’zallik salonlarida mahkamladi.

“10 yil oldin Pitsburgga ko’chganimizdan keyin o’qish va salonda ishlash uchun imkon paydo bo’ldi. Raqobat nima ekanini bildim, bellashdim. O’z biznesimni boshqarishga tayyor ekanimni his qilgach, mana shu joyni ochdik”, – deydi u.

Tamilla har qanday biznesda muammolar bo’ladi, deydi.

“Go’zallik salonini ochgandan keyin mijozlarni jalb qilish, reklama qilish kerak. Men internetda oldiniga sahifa ochdim va narxlarni, boshqa ma’lumotni joyladim, chegirmalar taklif qildim. Internetdagi qidiruv saytlaridan topib kelishadi bizni”, – deydi Tamilla Bobojonova.

Raqobat kuchli. Tevarak-atrofda boshqa salonlar qolishmayapti. “Lekin har bir odam mijozlarga boshqacha yondashadi”, deydi u. “Nimamiz bilandir uning ko’ngliga yo’l topsak, saqlab qolamiz”.

Uning yumushini yengil qilgan shuki, salon uzoq yillardan berib ishlaydi. Tamilla bor biznesni sotib olib, uni boshqarishga kirishdi. Eski mijozlar hisobiga ishi baroridan kelayapti.

“Ya’ni men noldan boshlaganim yo’q, 26 yildan beri sodiq mijozlarim bor”, – deydi u.

Go’zallik salonini ochish uchun qancha sarmoya kerak?

“Siz katta daromad olmoqchi bo’lsangiz, sarmoya ham katta bo’lishi kerak. Agar avvaldan ishlab turgan bir biznesni qo’lga olaman, desangiz unda osonroq va ko’p pul kiritish shart emas. Avvaliga kichik miqdorda sarmoya joylanishi mumkin va u yog’i sizning uquvingizga bog’liq”, – deydi Tamilla.

Uning aytishicha, bu kasbda o’zbekistonliklar yo’q hisob. Chunki sohada ishlash uchun ikki imtihondan o’tish, litsenziya olish zarur. Jarayon oson emas.

“Til bilmaslik eng katta to’siqlardan biri. Lekin qilsa bo’ladigan ish va kosmetolog, stilistlar orasida biznikilar ham ko’payadi, degan umiddaman”, – deydi u.

Tamilla to’ylarda xizmat ko’rsatish bobida O’zbekistonda alohida malaka oshirib qaytish niyatida. Kelin libosi, kosmetika, yasan-tusan bobida yangi g’oyalar bilan qaytishim va Amerika bozorida o’z o’rnimni topishim aniq, deb hisoblaydi u.

Pitsburgda pitseriya ochgan o’zbek – Murod Zuparov

Posted September 5th, 2013 at 5:43 pm (UTC+4)
Leave a comment

Amerikadan O’zbekistonga posilka jo’natish biznesi haqida

Posted August 18th, 2013 at 8:22 pm (UTC+4)
3 comments

Amerikada biznes imkoniyatlari keng ekan, bu yurtga kelayotgan o’zbekistonliklar ulardan foydalanishga harakat qilmoqda. Biznes yosh tanlamas derlar.

Mirsaid Mirzayev 15 yoshida Amerikaga kelgan. Hozir yoshi 21 da, Bruklindagi kollejda o’qiydi. U bir yil oldin Amerikadan O’zbekistonga posilka eltuvchi xizmatni yo’lga qo’ydi.

Amerikada o’zbeklar soni yil sayin oshib borar ekan, bu juda ham kerakli biznes, deydi Mirsaid.

Mirsaid yosh bo’lishiga qaramay ishiga puxta. Bu ishni boshlash uchun ko’p sarmoya va odam kerak emas, deydi u.

Bruklin Amerikada o’zbeklar eng zich joylashgan rayon. Ammo, deydi Mirsaid, mijozlar orasida boshqa shatlarda yashovchi o’zbekistonliklar ham bor.

Mirsaid AQSh davlat pochtasi xizmatidan arzonroq va tezkor servis taklif qiladi.

Bir yilda Mirsaid ochgan “Silk Road Express” kompaniyasining mijozlari soni 1200 taga yetdi. Xizmatni reklama qilishda u internet hamda Bruklinda chiqadigan o’zbek gazeta va jurnalidan foydalandi.

“Bu biznes ketidan kun kechirish mumkinmi” deya so’raymiz yosh tadbirkordan. Uning aytishicha, ish hajmi kichik bo’lgani uchun undan tushgan daromad o’zi kabi so’qqabosh yigitning kun kechirishiga yetadi.

Har bir biznesda bo’lgani kabi bu ishda ham sifatga e’tibor berish kerak, deydi Mirsaid.

Ayni damda Nyu-Yorkda Amerkadan O’zbekistonga posilka jo’natadigan bir nechta kompaniya ishlab turibdi. Ayrim odamlar O’zbekistondan ham Amerikaga narsa jo’natishni istar edi, ammo “Silk Road Express” kompaniyasi bunday xizmatni hozircha taklif etmaydi.

Yuk tashish/ko’chirish biznesini ochish sirlari haqida

Posted June 17th, 2013 at 11:51 pm (UTC+4)
Leave a comment

Timur Plavan asli Rossiyadan. To’rt yil oldin otasi bilan Virjiniyaning Sterling shahrida yuk tashuvchi kompaniya ochgan. Timur bu biznes bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlarga o’z maslahatlarini beradi.

Biznes g’oya

“Amerikada odamlar hamisha bir joydan boshqa joyga ko’chib yuradi. Uy xarid qilgandan keyin ashyolarini ko’chirishga ehtiyoj tug’iladi. Buni o’zimiz uchun yaxshi biznes deb, kuchimizni sinab ko’rishga ahd qildik. Bungacha bir necha ish bilan shug’ullanib ko’rgan edik. “Toma-toma ko’l bo’lur” deganlaridek, bir oz pul jamg’arib, yaqinda yana bir yuk mashinasini sotib oldik”.

Biznes turi

“Bu xizmatni bizneslar va aholiga ko’rsatish mumkin. Ba’zida odamlar erinib, narsalarini bir joydan boshqa joyga tashishni istamaydi. Shunda bizga murojaat qilishadi. Biz kelib, buyumlarini qutilarga joylaymiz, qimmatroq mebel bo’lsa, yo’lda shikast yetmasin deb, uni maxsus material bilan o’raymiz. Manzilga yetgach, hamma narsalarni korobkalardan chiqarib, buyurtmachi aytgan joyga joylaymiz. Ba’zida shahar ichida, ba’zida bir shahardan boshqa shaharga, bir shtatdan boshqa shtatga ko’chishga to’g’ri keladi. Yuridik shaxslar, kompaniyalar bilan ham xuddi shunday ishlaymiz”.

Boshlang’ich kapital

“Boshlang’ich kapital yuk mashinasini sotib olishga va reklamaga yetishi kerak. 10-20 ming dollar bilan boshlasa bo’ladi. Yangi mashina sotib olish shartmas, ammo uning ahvoli yaxshi bo’lishi kerak, chunki ish vaqtida buzilib qolsa, buyurtmachi oldida izza bo’lasiz”.

Ishchi kuchi

“Bu biznesni kamida ikki kishi bo’lib boshlash mumkin, lekin eng yaxshisi kamida to’rt xodim bo’lishi kerak. Yukni qadoqlash, tashish kerak, bu ish jismoniy kuch talab qiladi. Ayrim odamlar ko’pga chidamaydi. Tez charchab qoladi. Ish qizigan payt shunday bo’lsa, yana buyurtmachining oldida yuzingiz qizaradi, shuning uchun bunday ishga jismonan kuchli va ishonchli odamlarni jalb qilish kerak”.

Biznesni ro’yxatga olish

“Bu biznesni boshlash uchun yuk mashinasini Transport vazirligi ro’yxatidan o’tkazish kerak. Ular mashinaning ahvolini tekshiradi. U o’t o’chiruvchi moslama bilan jihozlangan bo’lishi, har ikki yonida kompaniya nomi bitilgan ma’lumot turishi lozim. Vazirlik haydovchilar malakasini tekshiradi, ularning esa o’z navbatida yuk mashinasini haydashga ruxsat beruvchi guvohnomasi bo’lishi kerak. Kompaniyada sug’urta bo’lishi shart. Shundan so’ng sizga maxsus raqam va ruxsatnoma berishadi”.

Sarmoyani chiqarish muddati

“Agar ish to’g’ri yo’lga solinsa, hamma xarajatlarni bir yilda oshig’i bilan chiqarsa bo’ladi”.

Reklama

“Reklamaning turli yo’llari bor. Internetda ayrim saytlar e’lonlarni bepul joylashtiradi, ammo bunday reklama bilan ko’p mijoz topaman, deb o’ylamang. Boyroq mijozlar bilan ishlayman desangiz, reklama qiladigan maxsus agentlikni yollaysiz. Chunki ko’chmoqchi bo’lgan kompaniyalar ham aynan shunday agentliklarga murojaat qiladi. Bundan tashqari, har xil tashkilot va kompaniyalar idoralariga kirib, firmangiz haqidagi ma’lumotni tarqatishingiz mumkin. Internetda o’z saytingiz bo’lsa ham yaxshi. Chunki ko’p odamlar bugun internet orqali yumushlarini bajaradigan bo’lib qolgan. Veb-sahifangizga xizmat turlari va narxlar haqida batafsil ma’lumot qo’yishingiz mumkin. Bir-ikki yil yaxshi ishlasangiz, sobiq mijozlaringiz sizni boshqalarga tavsiya qila boshlaydi”.

Revyu ahamiyati

“Vashington atrofida raqobat kuchli. Chunki ko’plar bu ishning daromadli ekanini tushunib yetgan. Ayrimlar bu sohada kim uchundir ishlab, tajriba orttirib, so’ng o’z kompaniyasini ochgan. Lekin biznesni to’g’ri yo’lga qo’ya bilsangiz, ishingizni a’lo bajarsangiz, mijozning ko’nglini ololsangiz, buyurtma har vaqt topiladi. Eng muhimi mijozdan ishingizni baholashini so’rash. Bu ishda revyular muhim rol o’ynaydi. Buyurtmachi ko’ngli to’lib, mehnatingizni a’lo baholashi kerak. Chunki bunday xizmatga ehtiyoji bor odamlar va kompaniyalar internetda mijozlardan ijobiy izohlar olgan firmalar bilan ishlashni afzal ko’radi”.

AQSh senatorlari Apple kompaniyasini daromadini yashirganlikda ayblamoqda

Posted May 24th, 2013 at 6:50 am (UTC+4)
Leave a comment

Kongress quyi qo’mitasida Apple rahbarlari so’roqqa tutildi. Qonunchilarni Apple ning ofshor kompaniyalar bilan aloqalari qiziqtirdi. Ular nazarida Apple jahon bo’ylab savdosidan tushgan daromaddan soliq to’lamaslik uchun ofshor zonada ishlagan. Gap milliardlab dollar haqida ketmoqda. Kompaniya rahbari Amerika soliq kodeksidagi kamchiliklarga ishora qilib, qonunni buzmaganmiz, demoqda.

  

Biznes haqida foydali adabiyot

Posted May 12th, 2013 at 11:43 pm (UTC+4)
Leave a comment

Har bir ishga qo’l urishdan yoki biror sohani egallashdan avval, nazariy bilimga ega bo’lish foydada holi bo’lmaydi. Biznesda ham shu. Qaysi yo’nalishda tadbirkorlik bilan shug’ullanishdan qat’i nazar shu soha haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak. Biroq eng avvalambor biznes yuritish asoslarini bilish lozim. Buning uchun mazkur maqolada ingliz tilida chop etilgan ayrim ommabop va foydali kitoblarni tavsiya qilmoqchimiz. Bu kitoblarni osonlikcha Amazon internet do’konidan buyurtirishingiz mumkin.

1) “Poor dad and rich dad. What the Rich Teach Their Kids About Money”

2) “Blue Ocean Strategy: How To Create Uncontested Market Space And Make The Competition Irrelevant”

3) “The Fountainhead”

4) “Twelve Pillars”

5) “The Tipping Point: How Little Things Can Make a Big Difference”

6) “The Startup Owner’s Manual: The Step-By-Step Guide for Building a Great Company”

Bu kitoblardan tashqari tadbirkorlik haqidagi bilimlarni xususiy biznes bilan shug’ullanayotgan tanishlaringizdan, biznesda nomi chiqqan shaxslarning hayotidan o’rganishingiz mumkin.

BusinessUSA – yangi tadbirkorlar uchun amaliy portal

Posted April 15th, 2013 at 11:15 pm (UTC+4)
Leave a comment

Amerikada kichik biznes boshlamoqchi bo’lsangiz, buning uchun zarur bilimlar bilan qurollanishingiz kerak. Bu mamlakatda biznes uchun imkoniyatlar, qonunlar, soliqlar haqida bilsangiz, ishingiz ancha oson kechadi. Bu ma’lumotlarning barchasi internetda mavjud. Bundan tashqari har bir shtat yoki shaharda mahalliy ma’muriyatning tadbirkorlarga maslahat beruvchi idoralari bor.

Prezident Barak Obama ko’rsatmasiga ko’ra, 2011-yilda BusinessUSA loyihasi ishga tushdi. Bu markazlashgan internet resurs bo’lib, tadbirkorlarga ko’plab masalalar bo’yicha yordam berish uchun yaratilgan.

Resursning ahamiyatli tomoni shundaki, tadbirkorlar qonunlar va imkoniyatlarni qidirib, turli vazirliklar va davlat agentliklarining saytlariga alohida kirib, ko’p vaqt yo’qotmasligi uchun barcha zarur axborot bir yerda mujassamlashgan.

BusinessUSA biznes boshlamoqchi bo’lganlarga qadamma-qadam maslahat beradi, to’g’ri yo’lga yo’naltiradi. Qaysi sohada biznes ochmoqchi bo’layotganingizga qarab BusinessUSA biznes plan tuzish, litsenziyani qanday va qayerda qo’lga kiritish, ish boshlash uchun kredit yoki moliyaviy yordamni qanday olish haqida ma’lumot beradi, mavzuga doir maqolalarni tavsiya qiladi.

Amerikada kichik biznes bilan shug’ullanasizmi?

Posted March 29th, 2013 at 12:14 am (UTC+4)
1 comment

Agar Amerikada kichik biznes bilan shug’ullanayotgan bo’lsangiz, ishingiz haqida gapirib bering. Qanday biznes? Qachon boshlagansiz? Qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz? Uni boshlash uchun qancha pul sarfladingiz? Kimlar yordam berdi? Qancha vaqtda bu ishni boshlashga sarflagan pulni qaytarib, sof daromad ola boshladingiz? Kundalik xarajatlaringiz qanday? Soliqlar sistemasi haqida ma’lumot bering.

Go’zallik salonini ochish sirlari haqida

Posted March 28th, 2013 at 9:13 pm (UTC+4)
Leave a comment

Bu lavha Vashingtondagi go’zallik saloni haqida. Uni ochgan odamlardan biri turkiyalik Serkan Tut bo’lib, uning rafiqasi Sona asli Toshkentdan. Sona salonning ofis menejeri.