Ukrainadagi namoyishlar inqilob davrini eslatdi

Posted July 7th, 2015 at 9:57 am (UTC-4)
Leave a comment

​​Ukrainadagi ko`ngilli batalyonlar, millatchi radikal guruhlar hukumatni yangi inqiloblardan ogohlantirmoqda.

Hafta oxirida radikal qarashlari blan tanilgan “O`ng sektor”, millatchi guruhlar va  ayirmachilar bilan jang qilayotgan ko`ngilli batalyon vakillari Kiyevda namoyish o’tkazdi.

Ukraina matbuotida keng yoritilgan bu namoyishlar Poroshenko hukumatiga yo`llangan ogohlantirish sifatida baholanmoqda.

Hokimiyatning asosiy idoralari joylashgan Kiev markaziy ko`chalari bo`ylab yurish qilgan namoyishchilar Rossiya bilan barcha aloqalarni butkul uzishni, mamlakatda aksilterrror amaliyotlari emas, to`laqonli urush ketayotganligini rasman tan olishni talab etishdi.

Kiyev markazini aylanib chiqqach, o`z maqsadlari qat’iy ekanligini ko`rsatish uchun Ukraina inqiloblarining ramziga aylangan g`ildiraklar, avtomobil shinalari yoqildi.

Norozilarga ko`ra, bu uchinchi Maydonning muqarrarligi haqida hukumatga yo`llangan ramziy ishoralardir.

Maydondagi inqilob ortidan hokimiyatga kelgan Poroshenko xalqqa islohotlar va`da qilgan, ammo ko`pchilik islohotlar sekin borayotganidan, Maydonda ko`tarilgan talablar amalga oshmay qolayotganidan  norozi.

Qrimning boy berilishi, Donetsk va Lugansk viloyatlarida boshlangan qo’zg’olon,  rossiyaparast ayirmachilar olib borayotgan urush millatchi guruhlarning noroziligini keskin kuchaytirgan.

Quyida Kiyevda o’tgan so’nggi namoyishda olingan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Matn va suratlar muallifi Malik Mansur

sektor 023sektor 052sektor 009sektor 023sektor 030sektor 052sektor 076sektor 083sektor 087sektor 097sektor 125sektor 138

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

July 2015
M T W T F S S
« Apr   Sep »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031