Germaniyada muhojirlarning qabul qilinishiga munosabat turlicha

Posted September 8th, 2015 at 10:49 am (UTC-4)
Leave a comment

Migrants arrive at the Westbahnhof railroadstation in Vienna, on September 5, 2015 as hundreds of migrants arrive by bus and train from Hungary to continue their journey to Germany.

Dengizga cho`kkan suriyalik 3 yoshli go`dak Alanning sohildan topilgan jonsiz jussasi mudrayotgan dunyoni larzaga soldi.

Bu fojea butun dunyoda, jumladan, Yevropada ham qochqinlar taqdiriga nisbatan munosabatni o`zgartirmoqda. Yevropa jamoatchiligi xalqaro hamjamiyatning inson taqdiriga bu qadar befarqlashganidan hayratga tushmoqda.

“Nemis to`lqini” qochqinlarning achchiq fojeasini aks ettirgan suriyalik go`dak suratini tahririyat izohi bilan chop etgan.

Bu suratdagi iztirob mujojirlar inqiroziga tortilgan Germaniya uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Nashr muharriri Aleksandr Kudashefning izoh berishicha, bu suratni e`lon qilish tahririyat uchun oson kechmagan. “Suratdagi fojea insonni o`z vijdoniga quloq tutishga undaydi, biz shu umidda bu suratni chop etishga qaror qildik”, deydi u.

Suratdagi ongni karaxtlovchi manzara qochqinlikni, umidning iztirobini, achchiq xotimasini ko`rsatadi, inson qadrini yanchib, qudratga intilayotgan dunyoni ma`nosiz qiladi.

Muhojirlar inqirozini hal qilishda Germaniya asosiy mas`uliyatni o’z zimmasiga oldi, muhojirlar buning uchun Germaniyadan minnatdor.  Angela Merkel butun qochqinlar onasiga qiyoslanayapti, u haqda mehr, ehtrom bilan yozishmoqda, gapirishmoqda.

Afsus, Yevropa bo`ylab muhojirlarga nisbatan eng keskin kayfiyat ham Germaniyada, qochqinlar joylashtirilgan lagerlarga o’t qo’yish hollari kuzatilgan, musulmonlarga qarshilik kuchaygan. Norozilar, millatchilar Merkelni mamlakatga nisbatan xiyonatda ayblamoqda.

Nemis jamoatchiligi uchun muhojirlar masalasi muammoli mavzuligicha qolmoqda. Mamlakatdagi taniqli sportchilar, siyosatchilar, yulduzlar jamoatchilikni muruvvatga, mehrga, bag’rikenglikka chaqirmoqda.

Bu targ`ibot o`z samarasini berayotgandek, so`nggi inqiroz ortidan qabul qilingan suriyalik, afg`onistonlik 3 mingga yaqin muhojir ortilgan poyezd Muyenxenda shahar aholisi tomonidan non, suv, bolalarga atalgan o`yinchoqlar, kiyim-bosh bilan kutib olindi.

Malik MANSUR

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

September 2015
M T W T F S S
« Jul   Nov »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930