Adabiyot – birlashtiruvchi kuch

Posted November 30th, 2015 at 12:11 pm (UTC-4)
Leave a comment

1.  Yozuvchi Abduhafuz Mirzaaihmad (Hofiz Mirzo) dastxat qoldirmoqda

Tojikistonda mustaqillikdan so’ng o’zbek adabiyoti respublikaning  geografik joylanishiga qarab go’yoki ikki yo’lda rivojlanayotgandek, mamlakat janubi va shimolini baland qorli tog’lar ajratib turadi.

Garchi mustaqillikdan so’ng  janub va shimolni bog’lab turuvchi  yo’l yil mobaynida faoliyat yuritadigan darajada qayta ta’mirlanib, dovonlarda tunellar ochilgan bo’lsa-da,  hali hanuz regionlar orasida tavovut seziladi.

“Oradagi uzilishni yo’qotish va adabiy muhit yaxlitligini saqlash uchun Tojikistondagi o’zbek jamiyati ko’zga ko’rinarli ishlarni olib bormoqda”, – jamiyatning So’g’d viloyati bo’limi nashri hisoblanuvchi “Qadriyat” gazetasi bosh muharriri

Uning aytishicha, jamiyatning resbublika nashri “Haq so’z” gazetasiga Xo’janddan yosh mutaxassis Zohidjon Toshtemirov bosh muharrir sifatida jo’natilgan, gazeta faoliyati jonlanmoqda.

“Respublika janubidagi o’zbek ijodkorlarini qo’llab-quvvatlab, imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, Xatlon viloyati, respublika bo’ysinishidagi nohiyalar  ijodkorlari kitobini Xo’jandda arzonroq nashr etmoqdamiz, bizga o’zbekmi, tojikmi, qirg’izmi farqi yo’q, adabiyot millat tanlamaydi”, – deydi So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  Ilhom Yusupov.

Respublika shimolidagi o’zbeklar markazi  yaqinda Tojikiston matbuoti a’lochilari, Xatlon viloyatining Shahrinav (oldingi Hisor) nohiyasining  Mulla Shodi qishlog’ida tug’ilib o’sgan qalamkash  Abduhofiz Mirzaahmad  (Hofiz Mirzo)ning  “Yonayotgan chinor”, So’g’d viloyatining  J.Rasulov nohiyasi, Qulanbosh qishlog’idan bo’lgan Tilavoldi Abdunazarovlarning  “Armon”  to’plamlarini  ming nusxadan chop etdi. Kitoblar taqdimoti kuzning quyoshli kunlarida ko’hna Xo’jandda – Sirdaryo bo’yida Tojikiston, Qirg’iziston va o’zbekistonlik qalamkashlar  bilan mehmonnavozlikda o’tkazildi.

Mintaqada adabiyotning birlashturuvchi buyuk qudrati haqida  so’z yuritarkan, tojikistonlik o’zbek professori  Abduvali  Berdialiev mustaqillik yillarida sun’iy chegaralar sabab, ba’zi mintaqaviy bo’linishlar holati yo’q emasligini tan oladi, bularning hammasi o’tkinchi holat, O’zbekiston va Tojikiston ijodkorlarining  uzoq yillik ayriliqlaridan so’ng  joriy yilda Toshkentda ilk bor o’tkazilgan uchrashuvini  munosabatlarning iliqlashuvidan darak deb baholaydi.

“Tojikistonda o’zbek adabiyoti, agar Markaziy Osiyo bo’yicha qiyoslaydigan bo’lsak, O’zbekistondan tashqari boshqa har qanday respublikalardagiga qaraganda ancha ilg’or, birgina So’g’d viloyatida 2015-yilning o’zida mening bilishimcha, o’ttizga  yaqin o’zbek ijodkorlarining kitoblari nashr etildi”, – deydi  yozuvchi Hofiz Mirzo.

Uning fikricha, ayrim ko’rinishlarni aytmaganda, Tojikistonda o’zbek adabiyoti o’zining tarixiy missiyasi – xalqlar do’stligi va millatlarni birlashtiruvchi buyuk vazifasini sharaf bilan o’tab kelmoqda.

Ba’zi  mahalliy adabiyotshunos olimlar dovonlar osha yo’llar ochilgach,  respublikada geografik bo’linishga barham berilgani holda, mintaqadagi siyosiy elitalar orasidagi sovuqlik  sabab, respublikalararo adabiy-madaniy birdamlik xalq istagan holatda emasligini ta’kidlashadi.

“Mintaqada siyosiy-iqtisodiy birlik yo’q, buni tushunamiz, ammo nega bu sabab adabiyot chegaralanishi kerak? Ma’rifat, madaniyat chegaralanmasligi zarur.  Keyingi yillarda O’zbekiston matbuoti Tojikistonga kiritilmay qoldi, kutubxonalarda chegaradan tashqarida nashr etilayotgan yangi o’zbek  adabiyoti yo’q, buni izohlashga til bormaydi”, – deydi mahalliy adabiyotshunoslardan biri.

Matn va suratlar muallifi Ravshan Shams,
Xo’jand

1.  Yozuvchi Abduhafuz Mirzaaihmad (Hofiz Mirzo) dastxat qoldirmoqda

Yozuvchi Abduhafizning uchinchi kitobi

Yozuvchi Abduhafizning uchinchi kitobi

Tilavoldi Abdunazarovning kitobi taqdimotida

Tilavoldi Abdunazarovning kitobi taqdimotida

Qo'shni Qirg'izistonning Botkent viloyati Laylak nohiyasi rasmiylari tojikistonlik o'zbek ijodkoriga faxrli  yorliq topshirmoqda

Qo’shni Qirg’izistonning Botkent viloyati Laylak nohiyasi rasmiylari tojikistonlik o’zbek ijodkoriga faxrli yorliq topshirmoqda

Qirg'izlar ham o'zbeklar kabi sarpo-libos kiygizishadi

Qirg’izlar ham o’zbeklar kabi sarpo-libos kiygizishadi

O'zbek jurnalisti G'aybullo Rahumboev kitob haqida so'zlamoqda

O’zbek jurnalisti G’aybullo Rahumboev kitob haqida so’zlamoqda

Biror bir tadbir palovsiz o'tmaydi

Biror bir tadbir palovsiz o’tmaydi

So'g'd ijodkorlari osh ustida

So’g’d ijodkorlari osh ustida

Ozodlik radiosi muxbiri Sadriddin Ashurov yozuvchi hamkursi haqida so'zlamoqda

Ozodlik radiosi muxbiri Sadriddin Ashurov yozuvchi hamkursi haqida so’zlamoqda

Ijodkor Tilavoldi Abdunazarov dastxat tarqatmoqda

Ijodkor Tilavoldi Abdunazarov dastxat tarqatmoqda

Ijodkorlar uchrashuvga yig'ilishdi

Ijodkorlar uchrashuvga yig’ilishdi

Do'stlar diydori shirin

Do’stlar diydori shirin

Professor va shogirdlari

Professor va shogirdlari

Tadbirdan so'ng xotira uchun rasmga tushishdi

Tadbirdan so’ng xotira uchun rasmga tushishdi

Sirdaryo qirg'og'ida

Sirdaryo qirg’og’ida

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

November 2015
M T W T F S S
« Sep   Dec »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30