Sovet Ittifoqi parchalanib, mustaqil davlatlar paydo bo’lganining 25 yilligi tantanalari boshlanmoqda. Birinchilardan bo’lib bu bayramni Ukraina nishonladi.

24-avgust kuni Kiyevda harbiy parad o’tdi. Prezident Petro Poroshenko mamlakat mustaqilligi sinovlardan o’tayotgani, dushman (Rossiya) Ukrainani tiz cho’ktira olmagani haqida gapirdi.

Shubhasiz, mustaqillikning chorak asrini sarhisob qilayotgan davlatlar ichida bu davr Ukraina uchun ancha og’ir keldi. Qrimning boy berilishi, mamlakat sharqidagi ayirmachilik harakati, surunkali qurolli to’qnashuvlar.

Ukraina bularning hammasida so’ng yuz yillikda uni mustamlakada ushlab kelgan Rossiyani aybdor sanaydi. Ukrainlar mamlakatning haqiqiy mustaqilligi rossiyaparast hukumatni ag’dargan inqilobdan so’ng boshlandi, deb hisoblashadi. Va ular bu ishonchni ikki yildirki, Rossiya harbiy ko’magiga suyangan ayirmachilar bilan kuzatilyotgan janglarda himoya qilib kelishayapti. Poroshenko shu ma’noda haq, qudratli agressor Ukrainani, ukrainaliklar irodasini tiz cho’ktira olmadi.

Ahamiyatlisi shuki, tiz cho’ktirilmagan bu iroda tantana bilan o’tkazilayotgan harbiy parad, siyosiy tashviqotu rasmiy bayonotlar evaziga emas, oddiy xalq matonati hisobiga shakllandi. Chunki mamlakat sharqidagi urush paytida deyarli falajlangan Ukraina armiyasi bugunga kelibgina o’zini o’nglamoqda. Buning ifodasi sifatida harbiy paradlar o’tkazilmoqda.

To’qnashuvlarning dastlabki davrida esa oddiy aholidan tashkil topgan ko’ngilli batalyonlar muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda bu kuch siyosiy jihatdan ham, mudofaa jihatidan ham o’z o’rnini yo’qotgani yo’q. Shuning uchun balki Kiyevdagi harbiy paraddan so’ng ko’ngilli batalyonlar, to’qnashuvlarda halok bo’lgan jangchilarning yaqinlari qatnashgan “Nepokoryonniye” (tizcho’kmaslar) marshi alohida o’tkazildi. Bu marsh tafsilotlari quydagi fotosuratlarda.

 

mustaqillik kiev 019

mustaqillik kiev 024

mustaqillik kiev 026

mustaqillik kiev 034

mustaqillik kiev 039

mustaqillik kiev 049

mustaqillik kiev 057

mustaqillik kiev 072

mustaqillik kiev 096

Malik Mansur

Kiyev, Ukraina