Showing Archived Posts

Moskvada o’zbekistonlik muhojirlar kaltaklandi

Posted April 30th, 2018 at 11:17 am (UTC-4)
Leave a comment

Moskvada o’zbekistonliklar doxil bir necha mehnat muhojirlari Rossiya Ichki ishlar vazirligiga qarashli “OMON” guruhi tomonidan kaltaklangan, tintuv qilingan, pullari o’g’irlangan. Rossiya “OMON”chilari muhojirlar yashaydigan yotoqxonaga tonggi soat to’rtlar atrofida bostirib kirgan. Yotoqxonada patent pulini to’lagan, Moskvada mutlaqo qonuniy tartibda yashayotgan, mehnat qilayotgan muhojirlar turishgan. Ularning ayrimlari Rossiya bilan mehnat muhojirlariga oid shartnoma imzolagan O’zbekiston Mehnat […]

Posted in Muhojirlar

Amerikada din va diniy ta’lim

Posted September 11th, 2017 at 10:47 am (UTC-4)
1 comment

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek auditoriyasi orasida O‘zbekistondagi maktablarda ro’mol o’ragan qizlarning o’qishga qo’yilmayotgani hamda yirik diniy marosimlarga, masalan, masjidlarga yosh bolalar qo‘yilmayotgani keng muhokama qilinmoqda. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu kabi cheklovlarni ma’qullasa, boshqalari buning noto‘g‘ri ekanini aytmoqda. Cheklovlar tarafdorlari bu harakatlarni O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanligi bilan izohlamoqda. Ayni mana shu holat bizni “Dunyoviy davlat” […]

Posted in Muhojirlar

Vatan sog’inchi

Posted August 29th, 2017 at 10:37 am (UTC-4)
Leave a comment

Yashab bo`lar ekanmi sog`inmasdan Vatanni? Meningcha hech. Garchi so`nggi yillarda muhojirlik aksar o`zbekistonliklar uchun o`zgacha bir orzu darajasiga chiqqan esa-da, Vatanning o`rni boshqa. Bir holat hech esdan chiqmaydi. “Ingliz tili ikkinchi til” dasturi bo`yicha o`quv mashg`ulotlarga qatnab yurgan paytlarim edi. Yangi tashkil etilgan sinfga Misr, Suriya va Iroqdan kelgan muhojirlar jalb etildi. Mashg`ulotning birinchi qismi, […]

Posted in Muhojirlar

O’zbek qochqinlari hayotidan: Kiyevdagi Bahodir Namozov hikoyasi

Posted July 25th, 2017 at 10:33 am (UTC-4)
Leave a comment

Bahodir Namozov huquq himoyachisi. 2012-yilda siyosiy bosimlar tufayli O’zbekistonni tark etishga majbur bo’lgan. Hozir Ukraina poytaxti Kiyevda qochoqlar markazida yashaydi. BMTning Qirg’izistondagi vakolatxonasi sifatidan boshpana izlovchi qochqin sifatida ro’yxatga olingan. Boshpana berilishini kutib avvaliga Qirg’izistonda, keyinchalik Rossiyada va ikki yildirki, hozir Ukrainada yashab kelmoqda. Siyosiy boshpana so’rab qilgan murojaati Kiyev tomonidan rad etilgan, hozirda shikoyati […]

Posted in Muhojirlar

SSSR parcha-parcha bo’lib ketganidan chorak asr o’tib… Ukraina

Posted August 26th, 2016 at 5:06 pm (UTC-4)
Leave a comment

Sovet Ittifoqi parchalanib, mustaqil davlatlar paydo bo’lganining 25 yilligi tantanalari boshlanmoqda. Birinchilardan bo’lib bu bayramni Ukraina nishonladi. 24-avgust kuni Kiyevda harbiy parad o’tdi. Prezident Petro Poroshenko mamlakat mustaqilligi sinovlardan o’tayotgani, dushman (Rossiya) Ukrainani tiz cho’ktira olmagani haqida gapirdi. Shubhasiz, mustaqillikning chorak asrini sarhisob qilayotgan davlatlar ichida bu davr Ukraina uchun ancha og’ir keldi. Qrimning boy […]

Qrim tatarlari milliy bayroq kunini nishonladi

Posted July 2nd, 2016 at 2:01 pm (UTC-4)
Leave a comment

26-iyun qrim tatarlari uchun milliy bayroq kuni hisoblanadi. Ular ikki yildirki, o`z qadriyatlarini belgilovchi bayramlarini vatandan tashqarida o`tkazishga mahkum. Qrimda Rossiya hukmronligi o`rnatilishi ortidan yarimoroldagi shundoq ham kamsonli bo`lgan tatarlarning bir qismi ichki muhojirlikka yuz tutdi, nazorat, bosim, tazyiqlar tufayli Ukrainaning boshqa hududlariga chiqib ketishdi. Ular bir kun kelib Rossiya tasarrufidan xoli Qrimga qaytishga umid […]

Posted in Muhojirlar

Terror harakatlaridan Yevropa musulmonlari xavotir va aziyat chekmoqda

Posted March 24th, 2016 at 9:32 pm (UTC-4)
Leave a comment

Yevropada kuzatilayotgan har bir terorchilik harakati bu qita`da yashayotgan musulmonlarni ko`proq xavotir va tahlikaga solib qo`ymoqda. Bryusseldagi qonli xurujlar ham bundan mustasno emas, muhojirlardagi hadik yanada ortgan. Bunining uchun sabablar yetarli; har bir xuruj dahshat va vahima urug`ini sochishidan tashqari jamoatchilikning musulmonlarga, islomga munosabatini ham sinovdan o`tkazadi. Aslida terrorning maqsadi ham ko`proq shunga, jamiyatdagi shu […]

Posted in Muhojirlar

Buxoro yahudiylari O’zbekistonni vatan deb biladi

Posted March 24th, 2016 at 4:52 pm (UTC-4)
1 comment

Sovet Ittifoqi paytida Buxoro yahudiylari o’zbek san’atida juda faol bo’lgan. Mustaqillikdan so’ng aksariyati AQSh va Isroilga ko’chib, shashmaqom va musiqa san’atini yangi vatanda targ’ib etishda davom etmoqda. O’zbekistonda Muhabbat Shamayevani tanimaydiganlar bo’lmasa kerak. San’atkor mamlakatni salkam chorak asr oldin tark etgan bo’lsa-da, xalq uning qo’shiqlarini hanuz sevib tinglaydi. Muhabbat Shamayeva ko’plab Buxoro yahudiylari kabi Nyu-Yorkning […]

Buxoro yahudiylari Nyu-Yorkda o’z nashriga ega

Posted February 16th, 2016 at 2:27 pm (UTC-4)
Leave a comment

Har bir mamlakatda ildiz otgan etnik jamoaning rivojlanishi, o’zligini saqlab qolishi uchun o’z matbuotiga ega bo’lishi lozim. 1990-yillar boshlarida Amerikaga ko’chib kelgan Buxoro yahudiylari buni yaxshi tushungan holda 2002-yilda haftalik gazetaga asos soldi. “Buxarian Tayms” gazetasining bosh muharriri Rafael Nektalov bilan suhbatda bo’ldik. “Buxarian Tayms” yoki “Buxoro vaqti” gazetasining tahririyati Kvins rayonidagi AQSh va Kanada […]

Buxoro yahudiylari muzeyi – Amerikada O’rta Osiyoning bir bo’lagi

Posted February 4th, 2016 at 9:13 pm (UTC-4)
Leave a comment

Amerika qaynar qozondir. Bu qozonga tushgan elatlarning o’zligini saqlab qolishi oson emas. O’rta Osiyoni chorak asr oldin tark etgan Buxoro yahudiylari ham shu muammoga duch kelgan. Ularning Nyu-Yorkdagi muzeyi yosh avlodga bobolarining tarixi va madaniyati haqida ma’lumot uzatishda bebaho resursdir. O’rta Osiyoda asrlar davomida yashagan Buxoro yahudiylari Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan so’ng asosan Isroil va […]

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

March 2024
M T W T F S S
« Jan    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031