Rojdestvo, Yangi yil va “adolatli” menejerlar haqida

Musofirchilikdagi hayot bilan bog’liq kuzatishlar va taassurotlar haqidagi suhbatimizni davom ettiramiz. Dastlab ikki og’iz, kechagina ko’pchilik davlatlar va shu qatori O’zbekistonda ham keng nishonlangan sanaga to’xtalsam. Aytib o’tish joiz, amerikaliklar uchun qish mavsumidagi eng yirik bayram bu “Christmas”, ya’ni Rojdestvo (Mavlud kuni) hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, nasorolar cherkovlarida Rojdestvo bilan oid voqealarni xotirlash an’anasi II asrdan […]