Showing Archived Posts

Nima bizga Amerika?

Posted February 28th, 2011 at 9:46 pm (UTC-5)
Leave a comment

O’tmish va bugun Zukko talabalarimizga bosh sarlavhadagi antiqa gap tanish ko’ringan bo’lsa ajab emas. Iste’dodli o’zbek shoiri Hamid Olimjon o’tgan asrning 30-yillari boshida Amerikaga qarshi kommunistik propaganda ruhi bilan yo’g’rilgan ayni shu nomda bir she’r bitgandi. “Amerika bizga kim bo’pti? Uning g’ayrati, kuch-quvvati, hammasi bir pul!” deya bong urgan shoir kun kelib o’zi topingan Sovet imperiyasining qulashini, […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.