Izoh: Kundaligimni varaqlab o’tirib, Amerikaga ilk kelgan kunlarim tasvirlangan sahifalarni qayta o’qib qoldim. Ikki yil muqaddam yozilgan bu voqealar kechagidek esimda. AQShda o’qiyotgan boshqa vatandoshlarimiz ham bu o’lkaga ilk bor tashrif buyurganlarida shunday yoki shunga o’xshash voqealarni, his-tuyg’ularni boshlaridan o’tkazgan bo’lsa, ajab emas. Yorqin kunlarimdan yodgorlik bo’lgan bu kundalik yozuvlarini o’zgartirmasdan, e’tiboringizga shundayligicha havola qilmoqchiman. […]
Amerikada sport: UNC-Chapel Hill va Duke Universitetlari misolida
Sport Amerikalik talabalar hayotining ajralmas qismi. Deyarli har bir talaba sportning qaysidir bir turi bilan shug’ullanishga harakat qiladi. O’quv dargohlari qoshida sport bilan shug’ullanish uchun hamma sharoitlar muhayyo va ularning barchasi talabalar uchun bepul. O’zbeklarning “Sog’ tanda sog’lom aql” maqoliga amerikaliklar yaxshi amal qilishadi. Universitetlarda muntazam sport musobaqalari tashkil etib boriladi. Ayniqsa, universitetlararo o’tkaziladigan sport […]