Diqqat, tanlov: Magistratura va Aspirantura (PhD) bo’yicha o’qish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda

Posted April 5th, 2011 at 11:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda o’qish uchun ko’plab hukumat grantlari borligi haqida oldingi maqolamizda xabar bergan edik. Bungun biz ayni shu dasturlar orasidan hozirda hujjat qabul qilayotgan, ya’ni yangi o’quv yili uhun tanlovni boshlagan bir necha dastur haqida ma’lumot bermoqchimiz.

“Fulbrayt” ta’lim dasturi haqida ko’pchiligimiz eshitganmiz. Ushbu dastur doirasida bir-biridan mustaqil bir necha ta’lim grantlari mavjud bo’lib, hozirda ularning ikki turi bo’yicha hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Bular “Fulbrayt Xorijiy talaba Dasturi” hamda Ilm-fan va Texnoogya sohasida iqtidorli talabalar uchun xalqaro Fulbrayt Dasturi. Ishtirok etish shartlariga javob beradigan barcha yurtsohlarimizni ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga chaqiramiz. Har ikki grant talablari va hujjat topshirish yo’l-yo’riqlari haqida quyida ma’lumot beramiz.

1. “Fulbrayt Xorijiy talaba Dasturi” ikki yilgacha bo‘lgan muddatda AQShda magistrlik darajasini olish bilan bog‘liq o‘quv xarajatlarini qoplaydi. Fulbrayt Xorijiy Talaba Dasturi gumanitar yo‘nalishlar, tabiiy fanlar, jumladan, muhandislik va ijtimoy fanlar bo‘yicha yo’nalishlarga o’qish uchun qabul qiladi. “Edmund Maski Bitiruvchilar Stipendiyasi Dasturi”da ko‘zda tutilgan akademik yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni istagan nomzodlar Fulbrayt Xorijiy Talaba Dasturiga topshirmasliklari kerak. Chunki bu yo’nalishlar uchun Fulbrayt grant ajratmaydi. “Maski” dasturi doirasidagi o’quv yo’nlishlari quyidagilar:

  • Biznes Boshqaruvi (Business Administration);
  • Iqtisodiyot (Economics);
  • Huquqshunoslik (Law);
  • Davlat Boshqaruvi (Public Administration);
  • Davlat Siyosati (Public Policy);
  • Maorif (Education);
  • Atrof-muhitni saqlashni boshqarish (Environmental Management);
  • Xalqaro Munosabatlar (International Affairs);
  • Kutubxona va Axborotlar Fani (Library and Information Science);
  • Jurnalistika/Kommunikatsiya (Journalism and Mass Communications);
  • Sog‘liqni Saqlash (Public Health).

 

Demak, yuqoridagi yo’nalishlarga topshirmasligingiz kerak.

Qatnashuvchilar ochiq raqobat orqali ko‘rsatgan bilim va tajribalarining natijasiga ko‘ra tanlab olinadi. Tanlovda qatnashuvchilarning yetakchilik qobiliyati, a’lo baholarga o‘qishi, yetuk saviya va bilimga egaligi, AQShdagi hayotga muvaffaqiyatli moslasha olish qobiliyati, amerikaliklar bilan muloqotga kirishish ishtiyoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni olg‘a surish salohiyatiga katta e’tibor beriladi.

Dastur talablari quyidagilardan iborat:

  • Nomzodlar O‘zbekiston fuqarolari yoki mamlakat tomonidan beriladigan haqiqiy pasport olish huquqiga ega doimiy yashovchilar bo‘lishi lozim.
  • Nomzodlar grant muddati boshlanish paytida AQSh ta’lim darajasi bo‘yicha Bakalavr unvoniga teng oliy ma’lumot sohibi bo‘lishlari lozim.
  • Magistr darajasiga ega bo‘lgan nomzodlar ushbu Dasturda ishtirok eta olmaydi.
  • Nomzodlar AQShdagi o‘qishlarini muvaffaqiyatli yakunlashlari uchun ingliz tilini yetarli darajada o‘zlashtirgan bo‘lishlari zarur. Ularning qog‘ozda topshiriladigan TOEFL imtihonidan baholari kamida 550 ga yoki uning kompyuter (internet) asosidagi ekvivalentiga teng bo‘lishi kerak.
  • Yaqin orada AQShga uzoq muddatga bormagan nomzodlar uchun imkoniyat ko‘proq.
  • Hozirgi kunda AQShda bo‘lgan nomzodlar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydilar.
  • Tanlov jarayonida nomzodning moliyaviy ehtiyojlari yoki holatiga e’tibor berilmaydi.

 

Muhim eslatma: J-viza talablariga binoan hamda o‘zaro anglashuvni olg‘a surish maqsadida barcha grant oluvchilar dastur tugashi bilan o‘z mamlakatlariga qaytib, unda kamida ikki yil yashashlari lozim.

Dastur tomonidan ta’minlanadigan moliyaviy yordam:

Barcha grant sohiblari o‘qish to‘lovi, 24 oygacha bo‘lgan oylik stipendiyalar, kasallik va baxtsiz hodisalarga qarshi sug‘urta xarajatlari, kitob va jihozlar uchun ajratiladigan mablag‘lar, safar xarajatlari uchun moddiy yordam hamda Fulbrayt tomonidan uyushtiriladigan tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari bilan ta’minlanadilar.

Hujjatlarni topshirish muddati 2011-yil 23-may, soat 18:00 gacha.

Hujjatlarni topshirish va onlayn anketani to’ldirish uchun quyidagi internet manziliga tashrif buyuring: https://apply.embark.com/student/fulbright/international/20/

Savollaringizni elchixonaning Tashkent-program@state.gov elektron manziliga yo’llashingiz mumkin. Maktub sarlavhasiga “Fulbright Foreign Student Program” deb yozishni unutmang.

2. Ilm-fan va Texnoogya sohasida iqtidorli talabalar uchun xalqaro Fulbrayt Dasturi AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniy Ishlar Byurosi tomonidan moliyalashtirilib, u xalqaro talabalarga ilm-fan va texnologiya sohalari bo’yicha AQShda aspirantura (PhD) darajasi uchun o’qish imkoniyatini beradi. Bu grant ilm-fan va texnologiya bo’yicha dunyoning eng mashhur va obro’li aspirantura dasturi hisoblanadi.

2006-yilda o’z faoliyatini boshlagan dastur ilm-fan va texnologiya bo’yicha dunyoning bo’lajak yetakchilari AQShda oib boradigan ilmiy tadqiqotlarni moddiy qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Dasturda ishtirok etuvchilar, avvalo, o’z mamlakatlarida ilmiy salohiyatlari bo’yicha jiddiy ko’rikdan o’tadilar hamda keying bosqichda AQShning mashhur olim va tadqiqotchilari ularning hujjatlarini jiddiy nazoratdan o’tkazadi. Grant taqdim etish bo’yicha yakuniy qaror Fulbrayt Grant kengashi tomonidan beriladi.

Grant bilan taqdirlanganlar uch yil davomida quyidagi moddiy yordamlarni oishadi: o’qish to’lovlari, oylik stipendiya, kitob va boshqa jihozlar uchun mablag’, konferensiya va ilmiy ishlar uchun qo’shimcha mablag’, kasallik sug’urtasi, AQShga borish-kelish uchun samalyot chiptasi. Uch yildan keying davr uchun ketadigan xarajatlar universitet tomonidan qoplanadi. Ushbu dastur doirasida J-1 vizasi besh yil muddatga beriladi.

Dastur talablari:

Dasturda qatnashish uchun siz

  • O’zbekiston fuqarosi bo’lishingiz kerak;
  • hujjatlaringizni O’zbekistondagi AQSh elchixonasi orqali topshirishingiz kerak;
  • 2011-yilning avgustigacha AQShning bakalavr darajasiga teng diplomga ega bo’lishingiz kerak. O’quv yo’nalishingiz siz o’qimoqchi bo’lgan aspirantura yo’nalishiga mos bo’lishi qattiq tavsiya qilinadi;
  • siz tanlagan soha quyidagi 18 sohadan birida bo’lishi kerak:
  • 1.Aeronavtika va astronavtik/aeronavtik muhandislik (aeronautics and aeronautics and astronomics/aeronautical engineering);
  • 2. Qishloq xo’jaligi (agriculture (theoretical or research-based focus only));
  • 3. Astronomiya/Osmon jismlari fanlari (astronomy/planetary sciences);
  • 4. Biologiya (biology);
  • 5. Biomedik muhandislik (biomedical engineering);
  • 6. Ximiya (chemistry);
  • 7. Kompyuter muhandisligi (computer sciences/engineering);
  • 8. Energiya (energy);
  • 9. Muhandislik (engineering (electrical, chemical, civil, mechanical, ocean, and petroleum));
  • 10. Atrof-muhit muhandisligi (environmental science/engineering);
  • 11. Geologiya/Yer va atmosfera fanlari (geology/earth and atmospheric sciences);
  • 12. Axborot texnologiyalari va tiimlari (information sciences and systems (engineering focus only));
  • 13. Materiallar fani/muhandislik (materials science/engineering);
  • 14. Matematima (mathematics);
  • 15. Neiro fanlari (neurosciences);
  • 16. Okeanshunoslik (oceanography);
  • 17. Jamoat sog’lig’i (Public health);
  • 18. Fizika (physics);

 

Hozir AQShda o’qiyotganlar yoki ilgari Fulbrayt grantini qo’lga kiritganlar ushbu dasturda qatnasha olmaydi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi internet manziliga tashrif buyuring:

http://foreign.fulbrightonline.org/scienceandtech

Hujjatlarni topshirish muddati 2011-yil 23-may, soat 18:00 gacha.

Onlayn anketani to’ldirish uchun qyidagi manzilga tashrif buyuring:

http://scienceandtech.fulbrightonline.org/apply/complete-fulbright-application

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.