Toshkentda Xalqaro Ta’lim ko’rgazmasi

Posted April 8th, 2011 at 6:40 am (UTC-5)
Leave a comment

12-aprel kuni Toshkent Xalqaro Maktabida (Tashkent International School) chet el oliy o’quv yurtlarining ta’lim ko’rgazmasi tashkil etilmoqda. Unda AQSh, Yevropa, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Kanadadan bir qator nufuzli universitetlar ishtirok etadi. Tadbir 12:30 da boshlanib, 14:30 gacha davom etadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish shart emas, ammo o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni olib borishingiz tavsiya etiladi.

AQSh elchixonasi ishtirokida o’tayotgan ushbu ko’rgazmada quyidagi o’quv yurtlarining qatnashishi kutilmoqda:

1. American InterContinental University, London. London | United Kingdom;
2. Emirates Academy of Hospitality Management. Dubai | United Arab Emirates;
3. Glion Institute of Higher Education. Montreux | Switzerland;
4. IE University. Segovia | Spain;
5. John Cabot University. Rome | Italy;
6. Johnson & Wales University. Providence, Rhode Island | USA;
7. Lynn University. Boca Raton, Florida | USA;
8. MODUL University Vienna. Vienna | Austria;
9. Penn State. University Park, Pennsylvania | USA;
10. State University of New York – Plattsburgh. Plattsburgh, New York | USA;
11. University of British Columbia. Vancouver, British Columbia | Canada;
12. The University of Tulsa. Tulsa, Oklahoma | USA;
13. Vanderbilt University. Nashville, Tennessee | USA;
14. Wartburg College. Waverly, Iowa | USA

Tadbirda yuqoridagi universitetlarning o’quv kurslari va yo’nalishlari, ularga hujjat topshirish va qabul qilinish jarayoni hamda mavjud ta’lim grantlari haqida universitet vakillarining o’zidan ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Toshkent Xalqaro Maktabi Sariko’l ko’chasi 38-uyda joylashgan. Qo’yliqqa ketish yo’lida. Shimoliy Vokzaldan 163-raqamli marshrut taksisi orqali borish mumkin. Ko’rgazma boshlanishidan 30 minut oldin kelishingiz so’raladi.

Savollaringiz bo’lsa bo’lsa yoki qo’shimcha ma’lumot uchun Toshkentdagi AQSh elchixonasiga (+99871) 140-2447 telefon raqami yoki tashkent-advising@state.gov elektron pochta manzili orqali bog’lanishingiz mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.