Xorjda o’qish ishtiyoqida yonayotgan hamyurtlarimiz diqqatiga!

AQSh, Angliya, Kanada, Avstraliya, Singapur, Chex Respublikasi yoki Rossiya dan birida o’qish niyatingiz bo’lsa, bu o’lkalar oliy o’quv yurtlari va ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish uchun yana bir yaxshi imkoniyat.

Amerika elchixonasi qoshidagi Ta’lim bo’yicha maslahat markazi (The Educational Advising Center (EAC)) Toshkentda navbatdagi xalqaro ta’lim ko’rgazmasini tashkil etmoqda.

Shoshiling, “Education Abroad 2011” nomli ushbu xalqaro tadbir ertaga va undan keyingi kun, ya’ni 29 va 30-aprel kunlari (juma va shanba) Toshkent shahrida Radisson mehmonxonasida ertalab soat 10:00 dan kech soat 17:00 gacha o’tadi.

Unda sanab o’tilgan davlatlar ta’lim maskanlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar kurslar, ularga kirish shartlari va o’qish uchun grant olish imkoniyatlari haqida ma’lumot beradilar. Shuningdek, savollarga ulardan batafsil javob olish imkoniyatiga ham ega bo’lasiz.

Tadbirda qatnashish uchun AQSh elchixonasiga (140-24-47) qo’ng’iroq qilib, ism-sharifingizni qoldirishingiz kerak bo’ladi.

Shoshiling va bu imkoniyatdan unumli foydalaning.