Showing Archived Posts

Ehtiyot bo’ling: Ayrin to’foni!

Posted August 26th, 2011 at 3:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

Ertaga Shimoliy Karolinadan tortib Meyn shtatigacha AQSh sharqiy qirg’og’i Ayrin nomli dahshatli to’fonga yuz tutishi mumkin. Bu haqda AQSh ommaviy axborot vositalari bir haftadirki, bong urmoqda. To’fonga oid xabarlarni dovul xavfi yuqori bo’lgan shtatlardagi oliy o’quv yurtlarida ma’muriyat talabalar shaxsiy “e-mail”lariga ham yuborishmoqda. Dovul sodir bo’layotganini quyidagi belgilar orqali bilish mumkin: yomg’ir aralash shamol har […]

O’zbekistonda yuridik ta’lim: muammolar va ularning yechimi

Posted August 7th, 2011 at 7:25 pm (UTC-5)
Leave a comment

“Talabalar shaharchasi” mehmoni: Mirakmal Nizaymatov Mirakmal Nizaymatov Indiana shtati Notr Dam universitetida huquq bo’yicha tahsil oladi. Quyidagi maqola muallifning O’zbekistonda va AQShda huquqshunoslik sohasida olib borgan kuzatuvlari va izlanishlari asosida yozilgan. Unda Mirakmal O’zbekiston ta’lim tizimida huquqshunoslik sohasining o’qitilishini AQSh ta’lim tizimi bilan qiyoslab, bu borada O’zbekistondagi kamchilik va muammolarni sanab o’tadi. Maqolaning ilmiy va amaliy […]

Abiturientlar diqqatiga: Imtihon natijalarini SMS orqali bilishingiz mumkin

Posted August 5th, 2011 at 4:04 pm (UTC-5)
Leave a comment

Vatanimizda abiturientlarning yuragi taka-puka bo’lib, mandat kunini kutayotganlari aniq. Ko’p yoshlar olis viloyatlardan imtihonlari natijasini bilish uchun Toshkentga yo’l bosib keladi. Bu, albatta, oson emas. Ayniqsa, shuncha yo’l bosib kelsa-yu, olgan natijasi – peshonadan sovuq ter chiqaradigan yomon xabar bo’lsa. Bundan 10 yillar muqaddam men ham abiturient edim. Bu narsalarni o’z boshimdan o’tkazganman. Kaminaga imtihondan […]

Ahvoling qanday, abiturient?

Posted August 2nd, 2011 at 4:11 pm (UTC-5)
Leave a comment

Siz bugun talabasiz. Yaqin o’tmishda abiturient edingiz. O’sha kunlarni, ayniqsa, kirish imtihoningiz bo’lgan kunni hozir ham juda yaxshi eslasangiz kerak. Hajayon, qo’rquv va nihoyat, orziqib kutilgan kun – mandat… Yaxshi bilasiz, O’zbekistonda har yili 1-avgustda oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari o’tkaziladi. Bu yil shu imtihon bir kun keyinga, 2-avgustga qoldirildi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim […]

F-1 talaba vizasini ololmaslik sabablari

Posted August 1st, 2011 at 11:04 am (UTC-5)
Leave a comment

Yaxshi bilamizki, AQShda o’qish istagiga ega bo’lgan hamma ham bu niyatiga yeta olmaydi. Chunki AQShda o’qish huquqini beruvchi F-1 talaba vizasini olish hammaga ham nasib qilmaydi. Ayniqsa, O’zbekistondan AQShga F-1 vizasini olish yildan yilga qiyinlashib borayotgani haqida ko’p eshitamiz. Buning sabablari nima? Odatda, qanday sabablar AQSh elchixonasi tomonidan F-1 vizasi uchun topshirilgan anketaning rad qilinishiga […]

Posted in Vizalar haqida

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.