Yaxshi bilamizki, AQShda o’qish istagiga ega bo’lgan hamma ham bu niyatiga yeta olmaydi. Chunki AQShda o’qish huquqini beruvchi F-1 talaba vizasini olish hammaga ham nasib qilmaydi. Ayniqsa, O’zbekistondan AQShga F-1 vizasini olish yildan yilga qiyinlashib borayotgani haqida ko’p eshitamiz. Buning sabablari nima? Odatda, qanday sabablar AQSh elchixonasi tomonidan F-1 vizasi uchun topshirilgan anketaning rad qilinishiga sabab bo’ladi?

“Baxtli maktablar blogi” (Happy Schools Blog) yaqinda shu haqda yozibdi. Unda talaba vizasini ololmagan 100 dan ortiq inson bilan qilingan suhbat asosida AQShdagi universitetlarga F-1 vizasini ololmaslikning eng ko’p uchraydigan 10 sababi haqida hikoya qilingan. Ushbu sabablarni quyida bittama bitta sanab o’tsak:

1. Ingliz tilini yaxshi bilmaslik;
2. GRE balining pastligi;
3. TOEFL balining pastligi;
4. Akademik ko’rsatkichlarning pastligi;
5. Ayrim kurs va imtihonlardan yiqilganlik;
6. TOEFL bali yuqori bo’laturib GRE balining pastligi (TOEFL bali soxta bo’lishi mumkin);
7. Suhbatda savollarga to’liq javob bermaslik;
8. Soxta hujjatlar (moliyaviy va bank qog’ozlari, baholar, diplom va ballarning soxtalashtirilishi);
9. O’ziga ishonchsizlik;
10. Suhbatda aldashga harakat qilish.

Siz nima deb o’ylaysiz? O’zbekistonda ushbu sabablarning qaysi biri ko’proq vizaning bekor qilinishiga sabab bo’ladi? Yoki bizning yurtimizda AQShga talaba vizasini ololmaslikning yana qanday sabablari bor, deb o’ylaysiz.

O’z boshingizdan o’tgan bo’lsa yoki biror do’stingiz, tanishingiz tajribasida shu narsa ko’rilgan bo’lsa, bu haqda o’z fikr-mulohazalaringizni bildirasiz, deb umid qilamiz.

FOYDALI MA’LUMOT: AQSh Davlat Departamentining Viza xizmatlari bo’yicha Kotib yordamchisi o’rinbosari David Donahue F-1 vizasini olish uchun nimalarga rioya qilish kerakligi haqida maslahat beradi (Video ingliz tilida):