Showing Archived Posts

“Grin Karta – 2013” uchun ro’yxatdan o’tish boshlanmoqda

Posted September 29th, 2011 at 5:45 pm (UTC-5)
2 comments

AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi saytining xabar berishicha, 2013-yil uchun “DV” lotereyasini (Diversity Visa) o’ynash 2011-yilning 4-oktabridan boshlanadi. Ro’yxatdan o’tish shu yilning 5-noyabrigacha davom etadi. Xalq orasida “Grin karta” nomi bilan mashhur bo’lgan ushbu vizani yutib olganlar AQSHda doimiy yashash huquqini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Har yili AQSH hukumati “DV” lotereyasi orqali 50 000 kishiga domimiy […]

Posted in Vizalar haqida

To’liq grant beruvchi Amerika universitetlari

Posted September 25th, 2011 at 9:29 am (UTC-5)
Leave a comment

Xorijlik talaba uchun AQSHda o’qishninhg eng qiyin jihatlaridan biri bu o’qish uchun pul topish. AQSHda o’qish arzon emas. Buning ustiga, chet ellik talabalar AQSHdagi mahalliy talabalarga qaraganda o’qish uchun ancha ko’p to’lashi talab etiladi. Ana shunday vaziyatda talabaning joniga oro kiruvchi, ehtimol, yagona chora “scholarship” topish. Quyida talabalarga to’liq grant ajratuvchi ayrim universitetlar ro’yxatini bermoqchimiz. Grant olish […]

AQSHda talabalar soni kamaymoqdami?

Posted September 19th, 2011 at 10:26 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSH prezidenti Barak Obama “Amerika Ish qonuni” loyihasini Kongressga taqdim etarkan, mamlakat taraqqiyoti uchun ta’lim muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidladi. Asosan, mamlakatdagi ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida qabul qilinayotgan yangi qonun loyihasida maktablarni ta’mirlash va boy berilgan o’qituvchi ish o’rinlarini qayta tiklash ham ko’zda tutilgan. Iqtisodiy inqiroz bevosita ta’lim tizimiga ham ta’sir etayotgani amalda […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.