AQShga xorijdan eng ko’p talaba jo’natayotgan mamlakat bu Xitoy. Okeanortiga ta’lim uchun kelayotgan xitoyliklar soni yildan yilga o’sib bormoqda. Ammo AQSh ta’lim dargohlariga qabul bo’yicha mutaxassislarning aytishicha, xitoylik talabalar orasida hujjatlarni qalbakilashtirish va shu yo’l bilan oliy o’quv yurtlariga kirib olish holatlari ko’p uchraydi. Kollejlarga qabul bo’yicha Milliy Assotsiatsiya tuzgan qo’mita rahbari Filip Balingerning aytishicha, […]
Xitoylik talabalar orasida qalbaki hujjatlar bilan o’qishga kirish holatlari yuqori
O’rta maktab o’qituvchilari AQShda malaka oshirishdi
Kuni kecha AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat masalalari byurosi xorijlik 88 nafar o’rta maktab o’qituvchisiga AQShda malaka oshirganlik to’g’risidagi sertifikatlarni topshirdi. Ushbu o’qituvchilar dunyoning 29 mamlakatidan kelgan. Ular “Muallimlik fazilatlari va yutuqlari” (Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program) nomli dastur doirasida AQShning turli oliy o’quv yurtlarida olti hafta davomida malaka oshirdilar. “TEA” dasturi AQSh […]
AQShda nogironlar uchun maxsus ta’lim qachon boshlangan?
Jenifer autizm kasalligi bilan og’riydi. Ammo bu uni ta’lim olishdan, sog’lom do’stlari qatori universitetda o’qib, o’z sohasida ishlashdan to’xtata olmadi. Agar “Nogiron shaxslar uchun ta’lim qonuni” (Individuals with Disabilities Education Act (IDEA) bo’lmaganida, ehtimol, Jenifer bu kunlarga yetmagan bo’lardi. Uning ta’lim olishi aynan shu qonun ta’minlab bergan shart-sharoitlar bois yuzaga chiqdi. 30 yildirki, nogironligi bois […]
AQSh prezidentligiga nomzodlar: Ularning ta’lim bo’yicha fikrlari qanday?
AQSh prezidentligi uchun bu yilgi saylovda respublikachilardan amaldagi prezident Obamaga qarshi kimning nomzod bo’lishi hali ma’lum emas. Partiya doirasidagi saralash bahslari qizg’in pallaga kirgan. Poygada ishtirok etayotgan to’rt nomzod orasida hozircha Mit Romni oldinda bormoqda. Nomzodlarning saylov kampaniyasidan turli mavzular, masalalar o’rin olgan. Ular orasidan biz uchun qizig’i bu ta’lim. Prezidentlikka da’vogar shaxslar mamlakatdagi ta’lim […]
“Fulbright” AQSHda o’qish uchun arizalar qabulini boshladi
Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2013-2014-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSH universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQSHda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSH hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari byurosi tomonidan ta’minlanadi. […]