Showing Archived Posts

Talabalar saylov uchun qanchalik muhim?

Posted April 29th, 2012 at 10:54 pm (UTC-5)
1 comment

O’tgan hafta prezident Barak Obama AQShning uch nufuzli universitetiga tashrif buyurdi. Tashriflar ish safari sifatida belgilangan bo’lsa ham, saylov arafasida prezident Shimoliy Karolina, Kolarado va Ayova shtatlaridagi yosh saylovchilar e’tiborini qozonishga urinmoqda. Chunki saylov taqdirini hal qilishda ushbu shtatlar muhim ahamiyatga ega. Talabalar bilan uchrashuvda Obama o’qish uchun davlatdan olinadigan qarzlarga to’lanadigan foiz miqdorlari kamaytirilishi […]

AQShning nufuzli universitetlari bepul ta’lim kurslarini taqdim etmoqda

Posted April 23rd, 2012 at 12:56 am (UTC-5)
1 comment

AQShning Stenford universiteti, Massachusets Texnologiya instituti (MTI) kabi bir necha nufuzli oliy o’quv yurtlari bepul “onlayn” kurslarini taqdim etmoqda. Tajriba tariqasida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur darslar dunyoning barcha davlatlaridagi talabalar uchun ochiq. Qizig’i shundaki, ushbu kurslarda o’qish bepul va ularni muvaffaqiyatli tamomlaganlar maxsus diplom bilan taqdirlanadi. Internet orqali dars materiallarini bepul va erkin tarqatishga […]

Xalqaro talabalar ro’yxatida Xitoy hanuz peshqadam

Posted April 16th, 2012 at 11:50 pm (UTC-5)
Leave a comment

Ammo Meksika va Braziliyalik talabgorlar sonida ham bu yil katta o’sish kuzatilgan AQSh universitetlariga magistratura va undan yuqori darajalar uchun o’qishga hujjat topshirayotgan xalqaro talabalar soni bu yil 9 foizga o’sgan. Bu o’tgan yilgi o’sishdan ikki foiz kam. Xitoy, Meksika va Braziliya davlatlaridan kelgan hujjatlar sonida bu yil eng katta o’sish kuzatilgan. Xalqaro talabalarni o’ziga […]

AQSh musulmonlari orasida uy maktablari ko’paymoqda

Posted April 9th, 2012 at 2:20 am (UTC-5)
Leave a comment

AQShda ota-onalar farzandlarini davlat yoki xususiy maktablarga bermasdan, balki uylarida o’qitishlari mumkin. Uy maktabi o’quvchilari davlat talab qiladigan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirsa kifoya. Oliy o’quv yurtlariga kirishda ham ular uchun hech qanday to’siq yoki cheklov yo’q. Ular xohlasa, universitet darajasini ham masofali ta’lim dasturlari asosida uyda o’qib olishlari mumkin. Bolalarni uyda o’qitishning bu usulidan asosan dindor […]

Tags: , , Posted in Ta'lim

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.