Showing Archived Posts

Yozgi ish va sayohat dasturiga o’zgartirishlar kiritildi

Posted May 28th, 2012 at 9:50 pm (UTC-5)
13 comments

Har yili 100 mingdan ortiq xorijlik talaba  yozgi ta’til mavsumida AQShga tashrif buyurib, bu yerda to’rt oygacha bo’lgan muddat davomida ishlash va madaniy hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ular orasida o’zbekistonlik talabalar ham bor. O’zbekistonlik talabalar uchun dastur, odatda, 15-iyundan 31-avgustgacha davom etadi. AQSh Davlat departamenti shu oy boshida ushbu dasturga doir bir qancha o’zgarishlarni […]

AQShda o’qishdan so’ng ishga qolish imkoniyatlari kengaytirildi

Posted May 21st, 2012 at 1:08 am (UTC-5)
Leave a comment

Ma’lumki, Ixtiyoriy amaliyot o’tash (OPT – Optional Practical Training) dasturi bo’yicha F-1 vizasi bilan ta’lim olgan xalqaro talabalar o’qishlari bitgandan so’ng AQShda yana 12 oygacha qolib ishlashlari mumkin. Buning uchun amaliyot maosh to’lanadigan va o’z sohalariga aloqador bo’lishi lozim. Mamlakat Xavfsizligi Departamenti yaqinda e’lon qilgan ma’lumotga ko’ra, OPT bo’yicha o’qishdan so’ng AQShda qolib ishlash mumkin […]

BMT Bosh Kotibi bilan uchrashishni istaysizmi?

Posted May 14th, 2012 at 1:15 am (UTC-5)
1 comment

BMTning O’zbekistondagi ofisi veb-sahifasining yozishicha, BMT Ta’lim Ta’siri (UN Academic Impact) hamda Vashingtondagi Brukings instituti BMT Bosh Kotibi uchun eng yaxshi nutq tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda dunyoning istalgan davlatidan oliy o’quv yurti talabasi bo’lgan yosh yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin. Eng yaxshi nutq egasi deb topilgan uch talaba AQShning Nyu-York va Vashington shaharlariga tashrif buyurish hamda […]

Posted in Ta'lim grantlari

AQSh elchixonasi xodimi: “Viza uchun bo’ladigan suhbatdan biz nima kutamiz?”

Posted May 7th, 2012 at 12:17 am (UTC-5)
3 comments

Yaqinda tanishlarimdan biri talaba vizasi uchun AQSh elchixonasida bo’ladigan suhbat haqida maslahat so’rab qoldi. Hujjatlari joyida bo’lsa, AQShda o’qish va yashash uchun lozim bo’lgan mablag’ni ko’rsata olsa, vizani muammosiz oladi, deb umumiy javob berdim. Bu narsani deyarli hamma yaxshi biladi. Ammo shunday holatlar ham bo’ladiki, ba’zilar, hatto hujjatlari joyida bo’lishiga va o’qish uchun yetarli mablag’i […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.