Showing Archived Posts

Diqqat: AQShda o’qishni istovchilar uchun yordam beramiz! (1-maqola)

Posted June 17th, 2012 at 11:56 pm (UTC-5)
81 comments

AQSh ta’lim sohasi, asosan, magistratura va undan yuqori bo’lgan darajadagi o’quv dasturlari bilan mashhur. Dunyoning eng kuchli universitetlari ro’yxatida peshqadamlikni boy bermay kelayotgan AQSh oliy o’quv yurtlari bu mavqega to’rt yillik kollej dasturlari bilan emas, balki, asosan, magistratura yoki aspirantura kabi tadqiqotga asoslangan o’quv dasturlari bilan erishgan. Kirish so’zini ko’p cho’zmasdan maqsadga o’tadigan bo’lsam, mana […]

Ingliz tilini bepul o’rganishni istaysizmi?

Posted June 4th, 2012 at 8:47 pm (UTC-5)
6 comments

Amerikaga kelib tahsil olishni istamaydigan talaba yo’q. AQShda tahsil olishning shartlaridan biri ingliz tilini bilish. Shuning uchun ham yurtimizda ingliz tilini o’rganish uchun zo’r berib harakat qiladigan yoshlar juda ko’p. Ingliz tilini o’rganish uchun ko’pchilik, odatda, til kurslariga qatnaydi. Obro’siga qarab, bunday kurslarda o’qish narxlari har xil. Eng arzonini ham oddiy talabaning cho’ntagi ko’tarishi qiyin. […]

Tags: Posted in Ta'lim

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.