Showing Archived Posts

AQShda ta’lim: Grantlarni qanday topish mumkin? (Uchinchi maqola)

Posted July 22nd, 2012 at 2:44 pm (UTC-5)
4 comments

Birinchi maqola: Diqqat: AQShda o’qishni istovchilar uchun yordam beramiz! Ikkinchi maqola: AQShda ta’lim: Qayerda va nima o’qimoqchisiz? Facebookdagi sahifamizda muxlislarimizdan tushayotgan savollarning asosiy qismi grantlarni qanday topish haqida bo’lyapti. Bugungi maqolani AQSh Oliy o’quv yurtlariga hujjatlarni qanday topshirish mavzusiga bag’ishlamoqchi edim. Ammo bizga kelib tushayotgan savollarni inobatga olib, AQShda o’qish va  yashash uchun grantlarni qanday […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

AQShda ta’lim: Qayerda va nima o’qimoqchisiz? (2-maqola)

Posted July 10th, 2012 at 11:52 am (UTC-5)
12 comments

O’tgan maqolalarimizdan birida AQShda magistrlik darajasida o’qish uchun nimalar qilish va nimalarni bilish lozimligi haqida umumiy ma’lumot bergan edim (Qarang: Diqqat: AQShda o’qishni istovchilar uchun yordam beramiz!). Bugun ana shu mavzuni davom ettirib, AQShda tahsil olish uchun o’zingiz qiziqqan sohadagi o’quv dasturlarini va universitetlarni qanday topish mumkinligi haqida yozmoqchiman. Oldindan shuni aytib o’tish lozimki, ushbu […]

Diqqat, yangilik: “Amerika Ovozi” bepul ingliz tili darslarini taqdim etadi

Posted July 1st, 2012 at 10:57 pm (UTC-5)
1 comment

Oldingi maqolalarimizdan birida internet orqali ingliz tilini bepul o’rgatuvchi bir necha sayt haqida xabar bergan edik. Bugun sizga bermoqchi bo’lgan ma’lumotimizni ham shu mavzuning davomi deyish mumkin. “Amerika Ovozi” axborot xizmati saytida ingliz tilini o’rgatuvchi bo’lim tashkil etildi. Bo’limning ahamiyatli tomoni shundaki, u mutlaqo bepul va aynan o’zbekistonlik talabalar uchun mo’ljallangan. Ingliz tili darslari bo’limidan […]

Tags: , Posted in Ta'lim

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.