Talabalar uchun foydali manbalar

Posted September 12th, 2013 at 8:28 pm (UTC-5)
1 comment

Bugun biz AQShda o’qish niyatida bo’lgan talabalar yoki bo’lajak talabalar uchun bir necha qiziqarli maqolalar ro’yxatini taqdim etmoqchimiz. Bu nafaqat AQShda endi o’qimoqchi bo’lgan xorijliklar, balki allaqachon bu yerda tahsil olayotganlar uchun ham foydalidir.

AQShning bir qator nufuzli axborot nashrlarida chop etilgan maqolalardan jamlangan ushbu ro’yxatda siz o’qishga kirish uchun insho yozish, professorlar bilan aloqa qilish, kampuslardagi xalqaro talabalar uchun mavjud sharoit va imkoniyatlar, TOEFL imtihonini muvaffaqiyatli topshirish sirlari hamda boshqa bir qator mavzularda qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

Ushbu ro’yxat va undagi maqolalar ingliz tilini yaxshi biladigan talabalar uchun mo’ljallangan. Demak, ularni o’qib, tushunishingiz va ulardan naf ko’rishingiz uchun ingliz tilini bilishingiz kerak.

Ma’lumotlarni o’qish uchun quyidagi ro’yxatdan maqolalarning nomi ustiga bosing. Shunda maqola joylashgan saytga kirib, uning to’liq matnni o’qish imkoniga ega bo’lasiz.

Marhamat, maqolalar ro’yxati bilan tanishing:

Kelgusidagi maqolalarimizda ushbu maqolalarda ko’tarilgan muhim masalalarni batafsil ozbek tilida sizlarga taqdim etish niyatimiz bor. Demak, saytimizni kuzatib boring.

One response to “Talabalar uchun foydali manbalar”

  1. feruz says:

    Salom ! Mening ismim Feruz ! men Garvard universitetida o`qishni istardim . buni iloji bormi? Men hozirda Rossiyada kechasi ishlab kunduzi o`qiyman . yoshim 22 da. yo`nalishim ingener konstruktorlik . Amerikada ham huddi shunday kechasi ishlab kunduzi o`qisa bo`ladimi? men hammasiga roziman . qiyinchiliklarga faqat amerikda o`qisam bo`ldi. iltimos yordam beringlar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.

Bo’limlar

  • No categories