2015-yil uchun “Grin karta” lotereyasi boshlandi

Posted October 3rd, 2013 at 11:58 am (UTC-5)
11 comments

© Creative Networks at myGreencard.com

O’zbekistonda “Grin karta” yutib Amerikaga ko’chib kelishni orzu qiluvchilar ko’p. Kimlar uchundir o’tgan yillarda bu orzu ro’yobga chiqqan bo’lsa, ayrimlar uchun “Grin karta” hanuz ushalmas armonligicha qolmoqda. Agar siz ham “Grin karta” borasida omadi chopmayotganlar qatorida bo’lsangiz, orzuim armonga aylandi, deya afsus chekishga shoshilmang. Chunki o’tgan yili yutmagan bo’lsangiz, bu safar omadingiz kulib boqishi hech gap emas. Demak, yana “Grin karta”ga topshirish payti keldi.

AQSh Davlat Departamenti rasmiy veb-sahifasida berilgan ma’lumotga ko’ra, 2015-yil uchun “DV” lotereyasini (Diversity Visa) o’ynash 2013-yilning 1-oktabridan boshlandi. Ro’yxatdan o’tish shu yilning 2-noyabrigacha davom etadi. Ishtirokchilar anketani internet orqali topshirishlari mumkin.

Xalq orasida “Grin karta” nomi bilan mashhur bo’lgan ushbu vizani yutib olganlar AQShda doimiy yashash huquqini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi. Har yili AQSh hukumati “DV” lotereyasi orqali 50 000 atrofidagi xorijlik fuqaroga AQShda domimiy yashashi uchun viza beradi. Ushbu dasturni amalga oshirishdan maqsad AQShda kam sonli bo’lgan millatdagi immigrantlar sonini oshirish va bu bilan muhojirlar rang-barangligini muvozanatga solishdir, deyiladi hukumat ma’lumotida.

O’zbekiston “Grin karta” eng ko’p beriladigan davlatlardan biri. Har yili ushbu dastur bo’yicha o’zbekistonliklarga 4-5 ming atrofida o’rin ajratiladi.

2015-yil uchun “Grin karta” lotereyasida ishtirok etishni xohlovchilar ro’yxatdan o’tishni  http://www.dvlottery.state.gov/ sayti orqali amalga oshirishlari mumkin. Ro’yxatdan o’tish muddati 2-noyabr kuni AQSh vaqti bilan kunduzi 12:00 da nihoyasiga yetadi.

Elchixona axborotiga ko’ra, ishtirok etuvchilar ro’yxatdan imkon qadar erta o’tishlari tavsiya etiladi. Dunyo bo’ylab kiruvchilar sonining kundan kunga oshib borishi oqibatida vaqt o’tishi bilan sayt ishida sekinlashish kuzatilishi mumkin. Ro’yxatdan o’tish mutlaqo bepul va oson bo’lib, AQSh hukumati “Grin karta” uchun ro’yxatdan o’tish xizmatini taklif etuvchi turli shaxs va kompaniyalar aslida firibgarlar bo’lishi mumkinligidan ogohlantiradi.

“Grin karta”da ishtirok etish uchun siz O’zbekiston fuqarosi bo’lishingiz va kamida o’rta maktab darajasidagi ta’limga ega bo’lishingiz kerak. Ro’yxatdan o’tish va boshqa talablar haqida batafsil ma’lumotni AQSh Davlat Departamentining http://www.travel.state.gov/visa/immigrants/types/types_1318.html saytidan topishingiz mumkin. Xuddi shu ma’lumotlarni o’zbek tilida AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi saytidan ham o’qishingiz mumkin: http://uzbek.uzbekistan.usembassy.gov/dv_uz.html.

Shuningdek, “Grin karta”ga topshirish yo’l yo’riqlari AQSh Davlat departamenti saytida o’zbek tilida ham berilgan: http://www.travel.state.gov/pdf/DV_2015_Instructions_UZBEK.pdf

“Grin Karta – 2012″ natijalari kompyuter tanlashda xatolikka yo’l qo’ygani bois bekor qilinib, tanlov ishtirokchilar orasida yangidan o’tkazilgan edi.

11 responses to “2015-yil uchun “Grin karta” lotereyasi boshlandi”

  1. maxmudjon says:

    men qandey nma qilishimga yordam bering

  2. Shahnozka says:

    I`m Shahnoza. I`m from Uzbekistan. I want to study forieng country too. Please help me! How can I use this.

    • Behzod says:

      Shahnoza, your question is too general or not very clear. If you give us a specific question, we will try to help you.
      Thank you for your attention!

      Best,
      Behzod.

  3. Avazbek Sotvoldiyev says:

    Bu borada mualliflardan yordam so’rayman.Qnday qilib hujjatlarni topshirish mumkin

    • Behzod says:

      Kelasi yil uchun o’yin endi oktabr oyidan boshlanadi. Oktabrda yuqorida berilgan manzil orqali kirib, hujjatingizni topshirishingiz mumkin.

  4. Zaba says:

    Behzod aka grin kard 2015ga ro’yxatdan o’tish pulikmi? Grin kard saytlar judayam ko’p ekan asl sayt qaysi?

  5. Zaba says:

    Grin kard yutvolgan vaqtimda menda oilaviy yoki shaxsiy muommo sababdan Amerikaga keta olmay qolsam kelasi yilgi latareyada qatnasha olamanmi?

  6. Zarina says:

    2016-yil un qachon anketa t6ldiriladi

  7. Girin karta yutub urmiga bowqa bir insoni akasi yoki ukasini yo davirnis orqali bowqa borsa buladimi javob u4un oldindan raxmat

Leave a Reply to Avazbek Sotvoldiyev Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.