Showing Archived Posts

Yozgi maktab dasturi uchun Nyu-Yorkka tashrif buyuring

Posted March 16th, 2014 at 4:03 pm (UTC-5)
Leave a comment

“BMTning Tamaddunlar ittifoqi” hamda “EF Ta’lim Birinchi” tashkiloti 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lganlar uchun Yozgi maktab dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur Nyu-York shahri markazidan 45 km. uzoqlikda joylashgan EF Xalqaro ta’lim markazida 2014-yilning 16-avgustidan 23-avgustigacha bo’lib o’tadi. Uni o’tkazishdan quyidagilar maqsad qilingan: 1. Yoshlarning madaniyatlararo aloqa bo’yicha malakalarini kuchaytirish orqali ularning imkoniyatlarini yanada oshirish; 2. […]

Posted in Ta'lim grantlari

Ayol jurnalistlar uchun ilmiy-amaliy kurs

Posted March 2nd, 2014 at 8:31 pm (UTC-5)
Leave a comment

Xalqaro ayollar media jamg’armasi 2014-2015-o’quv yili uchun Elizabeth Neuffer stipendiyasiga tanlov boshlanganini ma’lum qiladi. Tanlovda dunyoning istalgan burchagidan bosma, teleradio yoki internet sohasida ishlovchi ayol jurnalistlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar inson huquqlari va ijtimoiy adolat mavzularini yoritgan bo’lishlari kerak. Qabul qilinganlar yetti oy davomida Boston va Nyu-Yorkda ishlash va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ular […]

Posted in Ta'lim grantlari

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.