Showing Archived Posts

Rossiya “FLEX” dasturidan chiqqanini ma’lum qildi

Posted October 9th, 2014 at 8:04 pm (UTC-5)
Leave a comment

Rossiya hukumati AQSh hukumati tomonidan moliyalanadigan va yuqori sinf o’quvchilariga AQShda bir yil o’qish imkoniyatini beruvchi “FLEX” dasturi doirasida o’z fuqarolarini AQShga ortiq yubormasligini ma’lum qildi. Bunga, matbuot xabarlariga ko’ra, rus o’quvchilaridan birining AQShdan siyosiy boshpana so’ragani sabab bo’lgan. Har yili Rossiyadan AQShga joriy dastur doirasida 240 atrofida o’quvchi kelardi. Bundan buyon Rossiyaga beriladigan o’rinlarning […]

Tags: , , Posted in Ta'lim

Xitoylik talabalar AQSh maktablarida ham ko’paymoqda.

Posted October 8th, 2014 at 10:58 am (UTC-5)
Leave a comment

Amerika maktablarining yuqori sinf o’quvchilari orasida xitoyliklar tez-tez ko’zga tashlanadi. Chunki boyib borayotgan xitoylik oilalar uchun farzandini AQSh maktablariga yuborish an’anaga aylanib bormoqda. Greys Lyu 17 yoshda. U Xitoy sharqidagi 14 million kishilik Tianjin shahrida ulg’aygan. Hozir esa AQSh janubidagi bir maktabda yuqori sinf o’quvchisi. “Bu yerning aholisi juda kam. Odamlar esa juda yaxshi. Bir-birimizni […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.