Merilend shtatining Montgomeri okrugi ta’lim boshqarmasi o’quv kalendaridan nasoro va yahudiy bayramlariga atab qo’yilgan nomlarni olib tashlashga qaror qildi. Musulmonlar hayit bayramlarini ham taqvimga kiritishni talab qilgach, ta’lim kengashi barcha diniy mazmundagi bayram nomlarini ro’yxatdan olib tashlashni ma’qul topgan. Nomlar taqvimdan olib tashlangan bo’lsa ham, bu kunlar maktablarda dars bo’lmaydi. Kengash qarori faqat 2015-2016-o’quv yillari […]