AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniy masalalar byurosi Oregon universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili o’qituvchilari yoki kelajakda shu sohada ishlamoqchi bo’lganlar uchun onlayn dars taqdim etmoqda. Kurs “Ingliz tilini o’qitish uslublarimizni shakllantirish bo’yicha keng qamrovli ochiq onlayn kurs” (Shaping the Way We Teach English Massive Open Online Course (MOOC) deya nomlanib, “Coursera” onlayn ta’lim sayti orqali amalga oshiriladi.
Kursning birinchi qismi 5-yanvar kuni boshlanadi. Unda ishtirok etish bepul.
Kurs kimlar uchun?
Kursga ingliz tilini chet tilini sifatida o’qituvchi mutaxassislar yoki kelajakda shu sohada ishlashni xohlovchi har qanday odam yozilishi mumkin. Dars davomida ingliz tilini o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiya va ko’nikmalar beriladi. Ishtirokchilar ingliz tilini yaxshi bilishi, dars mazmunini mustaqil o’zlashtira olish salohiyatiga ega bo’lishi va internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. Onlayn dars audio va videomateriallar hamda o’zaro suhbat va bahs-munozara orqali olib boriladi. Kursda qatnashish uchun har hafta 4-6 soat vaqt ajratish talab qilinadi.
Ro’yxatdan o’tish
Kursning birinchi qismida ishtirok etishni istaganlar https://www.coursera.org/course/shaping1landscape sayti orqali ro’yxatdan o’tishlari kerak. Ikkinchi qismi uchun esa https://www.coursera.org/course/shaping2paths manzili orqali. Ikkinchi qismida ishtirok etish uchun 1-kursni tugatish shart emas. Ikki darsni istalgan tartibda olish mumkin.
Birinchi kurs “Ingliz tilini o’qish xaritasi” (The Landscape of English Language Teaching) deya nomlanib, 5-yanvardan boshlanadi. Ikkinchi qism, “Ingliz tilini o’qitishda muvaffaqiyat qozonish yo’llari” (Paths to Success in English Language Teaching), esa 2015-yilning 9-fevralidan taqdim etiladi.
Dars mundarijasi
Kursning birinchi qismida quyidagi mavzular yoritiladi (Ingliz tilida):
- Week 1: Authentic materials to enhance student motivation
- Week 2: Pair and group work for collaborative learning
- Week 3: Critical and creative thinking to drive learning
- Week 4: Learner feedback and assessment to evaluate student progress
- Week 5: Language in context and using content to structure language learning
Kursning ikkinchi qismida o’qitiladigan mavzular:
- Week 1: Integrating skills and using tasks to motivate learners
- Week 2: Alternative assessment to demonstrate language ability
- Week 3: Incorporating individual learning differences in instruction
- Week 4: Effective classroom management
- Week 5: Reflective teaching
Kurs uchun ro’yxatdan o’tish davom etmoqda. Qiziqqan yurtdoshlarimizga yuqorida berilgan manzilga kirib ro’yxatdan o’tishlarini tavsiya qilamiz.